1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari


Download 95.35 Kb.
bet11/12
Sana31.01.2024
Hajmi95.35 Kb.
#1820349
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Begona o‘tlar

Yarim tekinxo‘r begona o‘tlar. Yarim tekinxo‘r begona o‘tlar so‘rg‘ich (goustariya) lari bilan bir qatorda fotosintez bo‘ladigan yashil barglarga ega. Bular O‘zbekistonda va O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida tarqalmagan.
Xulosa:

Hozirgi paytda respublikamizning dehqonchilik qilinadigan ekinzorlarida begona o‘tlarning 72 ta oilaga mansub, 841 turi aniqlangan bo‘lib, ularni 519 turi bir yillik, 322 turi esa ko‘p yillikni tashkil etadi. Ular o‘z navbatida oziqlanishi, yashash davri va ko‘payish usullariga ko‘ra notekinxo‘r, tekinxo‘r va yarim tekinxo‘rlarga bo‘linadi. Notekinxo‘r begona o‘tlar avtotrof bo‘lib, yashil barg va ildiz tizimiga ega hamda tuproqdan suv va oziq moddani bevosita o‘zi o‘zlashtirib, mustaqil hayot kechirsa, tekinxo‘r begona o‘tlar boshqa o‘simliklar hisobiga oziqlanadi, ya’ni geterotrof bo‘lib, ularda barg va ildiz bo‘lmaydi. Dalalardagi yoki ekin maydonlaridagi begona o‘tlarga qarshi samarali kurashishda u yoki bu tadbirni qo‘llashdan oldin begona o‘tlarning biologik xususiyatlarini hamda dalalarni begona o‘tlar bilan qay darajada ifloslanganligini bilgan holda ularga qarshi aniq kurashish mumkin.


Begona o‘tlarga qarshi kurashda mexanik, agrotexnik va kimyoviy usullaridan foydalaniladi. Samarali kurash olib borish uchun ularning hayot tarzi, ayniqsa, ko‘pgnna Begona o‘tlar qo‘shimcha ko‘payish organi bo‘lgan ildiz tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Qarshi kurashda qo‘llaniladigan barcha choratadbirlar ma’lum daladagi Begona o‘tlar biologiyasini tahlil qilishdan kelib chiqishi kerak. Har bir dala uchun unda o‘sayotgan Begona o‘tlarga xos qarshi kurash choralari tizimi ishlab chiqiladi. Tanlangan usulda agrotexnik va kimyoviy choralar, shuningdek urug‘lik materiallarning tozaligi hamda karantin tadbirlar e’tiborga olinadi. Muhim agrotexnik tadbirlardan biri yerni 30 — 40 sm chuqurlikda ko‘sh yarusli pluglar bilan haydashdir. Yerni chuqur ag‘darish Begona o‘tlar urug‘i va ildizpoya bo‘laklarini chuqurga ko‘mib, unib chiqishiga yo‘l ko‘ymaydi. Daladagi Begona o‘tlarni kamaytirish uchun tuproqni ag‘dargichsiz osma va tirkama pluglar yordamida yumshatiladi, ildizpoyalar (qamish, g‘umay, ajriq va b.) esa chizel yoki kultivatorlar, shuningdek tishli boronalar bilan taroklanadi va yig‘ishtirib olinib, yo‘qotiladi. Erta bahorda Begona o‘tlar maysaii boronalash b-n yo‘qotiladi. Ekinlar vegetatsiyasi davrida esa Begona o‘tlar o‘toq qilinadi. Bir, ikki va ko‘p yillik Begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurash usulida tanlab ta’sir qiluvchi gerbitsidlarlan foydalaniladi. Paxta dalalaridagi bir yillik Begona o‘tlarga va ko‘p yillik Begona o‘tlarning maysasiga qarshi bahorda go‘za maysalari paydo bo‘lgunga qadar treflan va prometrin preparatlari tavsiya qilinadi.

Download 95.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling