1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari
Download 95.35 Kb.
|
Begona o‘tlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshi kurash choralari.
- Agrotexnik va mexanik tadbirlar.
Biologik xususiyatlari. Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitida 200 turdan ziyod begona o‘tlar uchraydi. Biologik xususiyatlariga ko‘ra, begona o‘tlar bir va ko‘p yillik (bir pallali va ikki pallali) hamda tekinxo‘r (parazit) begona o‘tlarga ajratiladi. Fo‘za dalalarida 74 turga mansub begona o‘tlar tar¬qalgan bo‘lib, ulardan 45 tasi bir yillik, qolgani ko‘p yillikdir. Bo‘ritaroq, shamak, itqunoq, semizo‘t, ityzym, eshaksho‘ra kabi bir yillik begona o‘tlar ko‘proq uchraydi.
Bir yillik begona o‘tlarning ildizlari kalta bo‘lib, asosan urug‘lardan ko‘payadi. Bir tup sho‘ra 200 mingdan 1 milliongacha, ituzum 100–500, semizo‘t 80–500, qo‘ypechak 5–250 minggacha urug‘laydi. Ko‘p yillik begona o‘tlardan qo‘ypechak, takasoqol, qizilmiya, bo‘ztikan asosan kurtagi va urug‘idan, g‘umay, qamish, salomalaykum, ajriq, qirqbo‘g‘im esa ildizpoyasi orqali ko‘payadi. Fumay va ajriqni yo‘qotish ancha qiyin. G‘umayning ildizi tuproqning 100–150 sm chuqurligiga yetadi, 100000 donagacha urug‘ beradi. Urug‘lari unuvchanlik qobiliyatini 3–4 yilgacha yo‘qotmaydi. Sug‘oriladigan yerlarda zarpechak, chirmovuq, shumg‘iya kabi tekinxo‘r begona o‘tlar ko‘p uchraydi. Zarpechak nafaqat urug‘i, balki poyasining bir bo‘lakchasi bilan ham ko‘paya oladi. Begona o‘tlarning keng tarqalishiga sug‘orish paytida ularning urug‘lari va vegetativ poyalarini oqib kelishi, ekish oldidan tuproqqa ishlov berish sifatsiz o‘tkazilgani, g‘o‘za va boshqa ekinlar qator oralariga o‘z vaqtida ishlov berilmaganligi, chimdan foydalanish, chirimagan go‘ng solish va sifatsiz shudgor qilishlar sabab bo‘ladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda sharbat usulida sug‘orishda chirimagan go‘ngdan foydalanilayotganligi begona o‘tlarning keng tarqalishiga olib kelmoqda. Qarshi kurash choralari. Begona o‘tlarga qarshi turli tadbirlar: agrotexnik, biologik (almashlab ekish, oraliq va takroriy ekin ekish, shudgorlash va boshq.), mexanik (chopiq, o‘toq) va kimyoviy (gerbitsidlar sepish) kurash choralari qo‘llaniladi. Biologik usullar. Tadqiqotlarga qaraganda, almashlab ekish dalalarni begona o‘tlardan tozalashda katta ahamiyatga ega. Ilmiy izlanishlar asosida beda ekilgan dalalarda beda-boshoqli va qoplovchi ekinlar hisobiga maysalarning muayyan qalinligini hosil qilish va saqlab turish, begona o‘tlarni izchil kamaytirish imkonini beradi. Hozir har xil tuproqlarda jadallashtirilgan almashlab ekishning 2:1 va 1:2:1 tizimlari qabul qilingan. Beda ekilgandan so‘ng begona o‘tlar 56, oraliq ekin sifatida kuzgi javdar, silos uchun ekilgan makkajo‘xoridan keyin esa 50 foizgacha kamaygan. Ekinlarni navbatlash ko‘p yillik begona o‘tlarni, ayniqsa, qo‘ypechak va salomalaykumni kamaytiradi. Oraliq ekinlar ham dalalarda begona o‘t tarqalishini ancha kamaytiradi. Masalan, oraliq ekinlar ekilmagan paytda 1 m2 maydonda 14,5 ta bir yillik va 411 ta ko‘p yillik begona o‘t bo‘lsa, ko‘kpoya uchun ekilgan kuzgi javdardan so‘ng begona o‘tlar soni mos ravishda 1,3 va 108 taga to‘g‘ri kelgan. Beda bilan g‘allani qo‘shib ekish ham begona o‘tlarni yo‘qotishda yaxshi samara beradi. Agrotexnik va mexanik tadbirlar. Shudgorlash ishlarini o‘tkazishda ikki yarusli pluglarning yetishmasligi va texnikalarning ma’naviy eskirganligi oqibatida dalalar ko‘p yillik begona o‘tlar bilan yuqori darajada zararlanmoqda. Hozirda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining deyarli barcha tumanlarida, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining 70–80 % maydonlarida ko‘p yillik begona o‘tlardan ajriq keng tarqalgani kuzatilmoqda. Afsuski, boshqa mintaqalarda ham bunday dalalarni ko‘plab uchratish mumkin. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni qo‘l mehnati 2–2,5 barobargacha (chopiq ishlari 4–5 martagacha o‘tkaziladi), yonilg‘i-moylash materiallari xarajati 10–15 % (15–17 l/ga) oshishiga, ishchilarga qo‘shimcha haq to‘lashning 8–10 % ko‘payishiga va paxta hosilining 7–8 s/ga. ga kamayishiga, oqibatda esa mahsulot tannarxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Begona o‘tlarga qarshi kurashda tuproqni qo‘sh yarusli plug bilan chuqur haydash, kuzgi shudgorlash, bahorda haydash, chizel yordamida yumshatish, begona o‘t ildizpoyalarini terib-yig‘ib olish, boronalash, diskalash, rotatsion yulduzchalar bilan ishlash, kultivatsiyani o‘tkazishda ishchi organlar to‘liq o‘rnatilishini ta’minlash, chopiq qilish va begona o‘tlarni o‘tash kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Tuprog‘i sho‘rlanib turadigan sharoitda, ya’ni chigit ekish oldidan, albatta tuproq sho‘ri yuviladigan yoki sholi ekish uchun ajratilib, dastlab suv to‘ldiriladigan dalalarda o‘t bosishi keskin kamayadi. Ayniqsa, bunda ekish oldidan qo‘ypechak, semizo‘t va ituzumlarga qarshi suv bostirish yaxshi samara beradi. Chigit ekish oldidan dalalarga disk yoki tishli boronalar yordamida ishlov berish yaxshi samara beradi. O‘rtachirchiq tumanidagi «Oq ota» fermer xo‘jaligining ajriq bilan 100 foiz zararlangan dalasida 2 yil davomida tajriba o‘tkazdik. Tajriba dalasi kuzda 40–45 sm chuqurlikda shudgorlanib, chigit ekish oldidan 3 marta boronalandi. Borona paytida ajriq ildizlari daladan tashqariga chiqarib tashlandi. Chigit ekish oldidan «Kotoran» (1,2 kg/ga), «Stomp» (2,0 l/ga) «Intera» (2,0 l/ga) preparatlari qo‘llanildi. Natijada bir yillik begona o‘tlarning soni 90–95, ko‘pyillik o‘tlar, jumladan, ajriq soni 55–63 foizgacha kamaydi. Download 95.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling