1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari


Download 95.35 Kb.
bet3/12
Sana31.01.2024
Hajmi95.35 Kb.
#1820349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Begona o‘tlar

Tayanch iboralar; tekinxo‘r, yarim tekinxo‘r, notekinxo‘r, efemerlar, bahorgilar, qishlovchi, kuzgilar, ikki yilliklar, avtotrof, fotosintez, geterotrof, ko‘p yilliklar, o‘q ildizlilar, popuk ildizlilar, piyozlilar, tuganaklilar, sudralib o‘suvchilar, ildizpoyalilar, ildizbachkililar, ildiz va poya tekinxo‘rlari, yarim tekinxo‘rlar, ko‘z bilan chamalash, aniq hisoblash.
1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari
Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo, ekinlar orasida o‘suvchi va hosilning miqdori hamda sifatiga yomon ta’sir qiluvchi, ya’ni zarar keltiruvchi o‘simliklar, begona o‘tlar deyiladi. Begona o‘tlar ikki guruhga xaqiqiy va shartli begona o‘tlarga bo‘linadi:
1.Xaqiqiy begona o‘tlar ekinlar orasida o‘sadigan yovvoyi o‘simlik-lardir. Masalan, g‘o‘za va boshqa ekinlar orasida o‘sadigan pechak, yovvoyi gultojixo‘roz;
2. Shartli begona o‘tlar yetishtirilaetgan ekinning u yer bu yerida uchraydigan madaniy o‘simliklardir. Masalan, bug‘doy orasida uchraydigan arpa, paxtazorda uchraydigan makkajo‘xori, tarvuz, pomidor shartli begona o‘t hisoblanadi.
Ba’zi begona o‘tlar aloxida ekin orasida o‘sishga moslashgan. Masalan, kurmak sholipoyada, zarpechak dukkakli don ekinlari va dukkakli ekinlar, beda orasida o‘sishga moslashgan. Bunday begona o‘tlar moslashgan begona o‘t deyiladi. Begona o‘tlarni yo‘qotish uchun ko‘p mablag‘ va mexnat talab qilinadi.
Begona o‘tlar qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o‘tlar tufayli duneda har yili 20 milliard dollar atrofida zarar ko‘riladi. O‘zbekistonda esa har yili 15-20 % paxta, 10-20 % sabzavot hosili kam olinmokda. G‘o‘za qator oralaridagi begona o‘tlarni yo‘qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo‘qotilmokda. Paxta yetishtirish uchun sarflangan yalpi harajatning taxminan 40%, makkajo‘xorichilikda esa 25 % begona o‘tlarni yo‘qotishda qo‘l mehnatiga sarflanishiga to‘g‘ri keladi.
Begona o‘tlarning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga keltiradigan zarariga qo‘yidagi omillar sabab bo‘ladi:

Download 95.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling