3.Begona o‘tlar klassifikatsiyasi (biologik guruhlari).
O‘zbekistonda begona o‘tlarning 72 ta oilaga mansub bo‘lgan 841 turi uchraydi. Shundan 519 turi bir yillik, 322 turi ko‘p yillik o‘simliklardir (Burigin V.A., Jongurazov F.X., 1975). Begona o‘tlar muhim biologik xususiyatlari, yani oziqlanishi, yashash davri va ko‘payish usuliga ko‘ra notekinxo‘r, tekinxo‘r va yarim tekinxo‘rlarga bo‘linadi (8-jadval).
jadval
Begona o‘tlar klassifikatsiyasi (A.I.Malsev buyicha)
Notekinxo‘r begona o‘tlar
|
Tekinxo‘r va yarim tekinxo‘r begona o‘tlar
|
Kam yilliklar:
Efemerlar
Bahorgilar:
a) erta bahorgi
b) kech bahorgi
Qishlovchilar
Kuzgilar
Ikki yilliklar
|
Ko‘p yilliklar:
1.Vegetativ usulda ko‘paymaydigan yoki kuchsiz ko‘payadiganlar;
a) o‘q ildizlilar
b) popuk ildizlilar
2.Vegetativ usulda kuchli ko‘payadiganlar:
a) piyozlilar
b) tugunaklilar
v)sudralib o‘suvchilar
g) ildizpoyalilar
d) ildizbachkililar
|
Tekinxo‘rlar:
a)ildiz tekinxo‘ri.
b) poya tekinxo‘ri.
yarim tekinxo‘rlar
|
2. Notekinxo‘r begona o‘tlar va ularning guruhlari.
Notekinxo‘r begona o‘tlar eng katta guruhni tashkil etadi. Ular avtotrof bo‘lib, yashil barg va ildiz tizimiga ega, hamda tuproqdan suv va oziq moddani bevosita o‘zi o‘zlashtiradi va mustaqil hayot kechiradi, yani fotosintez jarayoni natijasida anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Hayotining davomiyligiga ko‘ra ular bir yillik va ko‘p yilliklarga bo‘linadi. Bir va ikki yillik begona o‘tlar o‘z hayoti davomida bir marta, ko‘p yilliklari esa har yili bir necha (polikarpik) marta urug‘ beradi.
Bir yillik begona o‘tlar eng ko‘p va keng tarqalgan biologik guruh hisoblanadi. Ular faqat urug‘idan ko‘payadi.
Bir yillik begona o‘tlar o‘z navbatida urug‘larining unib chiqish muddatlariga qarab efemer, bahorgi, qishlovchi va kuzgi begona o‘tlar kabi bioguruhlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |