1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari
Download 95.35 Kb.
|
Begona o‘tlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erta bahorgi begona o‘tlar.
Efemerlar. O‘suv davri qisqa, yani urug‘i unishidan to yangi hosil pishguncha 1,5-2,0 oy davom etadigan o‘simliklardir. Lolaqizg‘aldoq va yulduzo‘t bunga misol bo‘la oladi.
Yulduzo‘t, (Stellaria wedia (L) Cyr) kuchsiz shoxlangan poyaga ega bo‘lib, u yerga yetgan yoki sal ko‘tarilgan bo‘ladi. Hamma ekinlar orasida, ayniqsa, qator orasi ishlanadigan va sabzavot ekinlari orasida uchraydi. O‘suv davri 40 kun. O‘simlik 15-25 mingta urug‘ beradi va ularning tuproqda yashovchanligi 5-8 yil. uning maysalari butun yoz buyi tuproqda namlik bo‘lsa paydo bo‘lishi va yoz davomida 2-3 avlod berishi mumkin. Erta bahorgi begona o‘tlar. O‘z navbatida erta va kech bahorgilarga bo‘linadi. Ularning maysalari bahorda va kuzda chiqadi, mavsumda bir marta urug‘ beradi. Erta bahorgi begona o‘tlar erta bahorda o‘sib, o‘z hayotini ekinlar yig‘ishtirilguncha yoki muayyan vaqtda tugallaydi. Bularga yovvoyi suli, oq sho‘ra va boshqalar misol bo‘la oladi. Yovvoyi suli – (Avena fatua L). g‘allasimonlar oilasiga mansub bo‘lib, bir yillik begona o‘t hisoblanadi. Yovvoyi sulini ko‘pchillik qora ko‘za, qorasuli ham deb ataydi. Maysalari oq yashil bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan madaniy suliga o‘xshaydi, farqi shuki doni pishgandan keyin boshoqdan tez ajralib sochilib ketadi. Bosh poyasining balandligi 20-80 sm bo‘lib, tik o‘sadi. Asosan bahorgi don ekinlari va suli orasida o‘sib, urug‘idan ko‘payadi. Har bir ro‘vakchada o‘rtacha 40-60 tagacha boshoqcha bo‘ladi. Har bir tupida 600 donagacha urug‘ bo‘ladi. Yovvoyi suli 5-10 sm chuqurlikdan yaxshi unib chiqadi, u katta 25-30 sm chuqurlikdan ham unib chiqishi mumkin. Urug‘lari tuproqda hayotchanligini 3-4 yilgacha saqlaydi. Yovvoyi suli zang, qorakuya zamburug‘larini va boshqa zararli hashoratlarni tarqatadi. Oq sho‘ra, olabuta – (Chenopodium album L)- sho‘radoshlar oilasiga kiradigan eng ko‘p tarqalgan begona o‘t. O‘zbekistonda oq sho‘ra, sassiq sho‘ra, xushbuy sho‘ra keng tarqalgan. Xushbuy sho‘ra sarg‘ish rangli, xushbuy hid chiqaradigan, bezli tukchalar bilan qoplangan. Hamma ekinlar orasida uchraydi. Sassiq sho‘ra – o‘ziga xos o‘tkir hid chiqaradi. Sug‘oriladigan ekinlar bilan bir qatorda, hovlilarda, ariq va yo‘l yeqalarida, portov yerlarda ko‘p uchraydi. Oq sho‘ra – barglari, unsimon doglar bilan qoplangan bo‘lib, sug‘oriladigan ekinlar, ayniqsa g‘o‘za orasida keng tarqalgan. Poyasi to‘g‘ri, buyi 40-100 sm ga yetadigan sershox, yaproqlari tuksimon, cheti qirrali bo‘lib o‘sadi. Sho‘ra juda serurug‘ bo‘lib, bir tupda 1,5 mln tagacha urug‘ hosil bo‘ladi. Urug‘lari hayvonlar oshqozonlardan o‘tgandan keyin ham unuvchanligini yo‘qotmaydi. Bu begona o‘t bosgan dalalarda ildiz mevalardan kam hosil oladi (lavlagi pashshasi, qalqandor, dukkaklilar bitlari va xokazolar) tarqatuvchi manba hisoblanadi. Download 95.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling