1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari
Download 95.35 Kb.
|
Begona o‘tlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildizpoyali begona o‘tlar.
- Ildizbachkili begona o‘tlar.
- Popuk ildizli begona o‘tlar.
Ko‘p yillik begona o‘tlar biologik belgilari jihatdan bir yillik va ikki yillik begona o‘tlardan farq qiladi. Hayoti davomida ko‘p marta hosil beradi. Bu biologik guruhning ko‘pgina vakillari asosan vegetativ yul bilan (ildiz poya va ildiz bo‘laklaridan) va generativ yo‘l bilan (urug‘laridan) ko‘payadi. Qishga kelib ko‘p yillik begona o‘tlarning poyalari qurib qoladi. Kelasi yil tuproqda qolgan ildiz va ildizpoyalardan yangi ildizpoyalar rivojlanadi. Ko‘p yillik begona o‘tlar o‘qildizlilar, ildizpoyalilar, ildizbachkililar, popuk ildizlilar, piyozlilar, tuganaklilar va sudralib o‘suvchilarga bo‘linadi.
Ildizpoyali begona o‘tlar. G‘umay, ajriq, qamish, salomalaykum, dala qirqbug‘imi, achchiqmiya, oqmiya va boshqalar kiradi. G‘umay, salomalaykum va ajriq karantin begona o‘tlar qatoriga kiradi. G‘umay, - (Andropogon halepensis) g‘alladoshlar oilasiga kiradi. May- iyunda gullaydi. Iyun-oktabrda hosil beradi. Poyasining buyi 1,5 m gacha boradi, pastki qismidan shoxlaydi. Urug‘idan va ayniqsa, ildizpoyalaridan ko‘payadi. Bir tup o‘simlikda 2-3 mingta urug‘ hosil bo‘ladi. G‘umayning baland poyalari madaniy o‘simliklarni soyalab qo‘yadi, bu hosilni ancha kamaytiradi. G‘umay tarkibida zaharli sianid birikmalari bo‘lgani uchun uni yegan mollar zaharlanadi. Ildizbachkili begona o‘tlar. Kakra, bo‘ztikan, qo‘ypechak, qizilmiya, yantoq, oqbosh, takasoqol va boshqalar kiradi. Kakra – Acroptilon picris. Murakabguldoshlar oilasiga kiradi. Hamma ekinlar orasida o‘sadi. Poyasi tik shoxlangan, qalin bargli, buyi 60 sm gacha boradi. Iyul-sentabrda urug‘i pishadi. Urug‘laridan, ayniqsa, ildizbachki-lardan ko‘payadi. Kakraning ildizi sizot suvigacha yetadi. Pichanga 5 % kakra aralashishi hayvonlar uchun havfli bo‘ladi. Popuk ildizli begona o‘tlar. Bu biologik guruhga bir nechta o‘simlik mansub bo‘lib, vegetativ usulda ko‘payishi uchun ularning maxsus organlari yuq. Ular asosiy ildizi qisqarib, ko‘plab yen ildizlar tutami, ya’ni popuk ildizlari rivojlangan. Bu guruh o‘simliklari urug‘idan ko‘payadi. Bularga zubturum, bargizub va boshqalar kiradi. Bargizub, - (Plantago major) zubturumdoshlar oilasiga kiradi. Hamma yerda uchraydi. Naysimon ko‘rinishdagi poyasi bargsiz, buyi 15-30 sm keladi. Asosan urug‘idan ko‘payadi. Bir tup o‘simlikdan 8-60 ming urug‘ bo‘ladi. Unuvchanligi tuproqda kamida yetti yil saqlanadi. Download 95.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling