1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari
Dalalarni begona o‘tlar bilan ifloslanganligini hisobga olish usullari
Download 95.35 Kb.
|
Begona o‘tlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurib ko‘z bilan chamalash usuli
- Begona o‘tlarni aniq usulda hisoblash
4. Dalalarni begona o‘tlar bilan ifloslanganligini hisobga olish usullari.
Dalalardagi yoki ekin maydonlaridagi begona o‘tlarga qarshi samarali kurashish uchun avvolo ularni hisobga olish kerak. Chunki u yoki bu tadbirni qo‘llashdan oldin ifloslantiruvchi begona o‘tlarning biologik xususiyatlarini bilish zarur. Dala begona o‘tlar bilan qay darajada ifloslanganligini bilish va xarita tuzish, ularga qarshi kurash tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Bunda begona o‘tlar ikki xil usulda, yani yurib ko‘z bilan chamalab, taxminan va aniq hisobga olinadi. Yurib ko‘z bilan chamalash usuli. Bu usul oson va qulay, chunki bunda dalaning diagonali buylab malum oraliqda yurilib, begona o‘tlar taxminan hisobga olinadi va ballga ajratiladi. Ballga ajratishda akademik A.I.Malsevning qo‘yidagi to‘rt balli shkalasidan foydalaniladi. 1 ball o‘simlik qoplamida 5 % gacha begona o‘t uchraydi 2 ball o‘simlik qoplamida 5-25 % gacha begona o‘t uchraydi 3 ball o‘simlik qoplamida 25-50% gacha begona o‘t uchraydi 4 ballda esa begona o‘tlar madaniy o‘simliklarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi. Har bir almashlab ekish dalasidagi begona o‘tlar aniqlangach, olingan natijalar begona o‘tlarni hisobga olish qaydnomasiga yoziladi. Begona o‘tlarni aniq usulda hisoblash, bu usulni ayrim tadqiqotchilar ikkiga, ya’ni begona o‘tlarni hisobga olish va miqdoriy tortish usullariga ajratadilar. Bu usullar murakkab va sermehnat bo‘lganligi uchun ishlab chiqarish sharoitida umuman qo‘llanilmaydi. Tajriba ishlarida esa dalalarni begona o‘tlar bilan ifloslanganligi aniqlashda miqdoriy tortish usulidan keng foydalaniladi. Begona o‘tlarni aniq usulda hisobga olishda vazifaning mohiyatiga ko‘ra, oddiy yog‘och reykadan 0,25,0,5 yoki 1 m2 va undan katta ramka yasaladi. Begona o‘t hisoblanishi lozim bo‘lgan dalaning ikki dioganali buylab yurilib, xarakterli bo‘lgan 10-15 joyga ramka qo‘yiladi va ichidagi begona o‘tlar yulib olinadi, turlarga ajratiladi, sanaladi. Qator oralari ishlanadigan ekin dalalarida hisoblash maydoni 1 m2 bo‘lib, maydon to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda ikki egatni qamrashi lozim. Bunda to‘g‘ri to‘rtburchakni tomonlari, qator orasi 90 sm qilib ekilganda 90 va 111 sm; 70sm da 70 va 143 sm; 60 sm da 60 va 166 sm; va 45 sm da esa 90 va 111 sm bo‘lishi kerak. Hisoblangan begona o‘tlar kam yillik va ko‘p yilliklarga ajratilib, yangiligida texnik tarozida tortiladi. So‘ngra ular ochiq havoda quritilib yana vazni aniqlanadi. Olingan barcha (10 yoki15) malumotlar qo‘shilib, kuzatishlar soniga bo‘linadi. Natijada yog‘och ramka yuzasi uchun begona o‘tlarning o‘rtacha miqdori topiladi. Keyin u gektariga aylantirilib hisoblanadi va dalaning begona o‘tlar va ularning turlari buyicha ifloslanish darajasi ball bilan aniqlanadi. Tekshirish natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, xo‘jalik dalalarini begona o‘tlar bilan ifloslanganlik kartasi tuziladi. Ushbu kartada dalalarning begona o‘tlar bilan ifloslanganlik darajasi ball bilan, begona o‘tlarning turlari rejali holda tegishli ranglarda bo‘yash yoki shtrixlash va turli shartli belgilarda ifodalanadi. Karta har yili tuziladi va uning ostida shartli belgilari beriladi. Karta dalalarda begona o‘tlarning tarkibi va miqdori o‘zgarishiga qarab, ularga qarshi har xil kurash tadbirlarini tanlashda va qo‘llashda yordam beradi hamda xo‘jalikning u yoki bu xil gerbitsidga ehtiyojini oldindan aniqlashga imkon beradi. Download 95.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling