1. Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi Etishtirilgan paxta mahsulotini qabul qilish va saqlash


Paxtani saqlashdagi va tashishdagi o’rtacha hisobiy hajmiy zichligi


Download 1.95 Mb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1554578
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
zulya tayyor

Paxtani saqlashdagi va tashishdagi o’rtacha hisobiy hajmiy zichligi

Saqlash va tashish



Paxta zichligi, kg/m³

I-II navlar

III-IV navlar

o’rta tolali

uzun tolali

o’rta tolali

uzun tolali

Yoniq omborlarda

160-180

180-200

150-160

160-170

G’aramlarda

185-220

190-250

170-190

180-190

Traktor aravalarida zichlangan holda tashish

150-160

160-170

160-180

170-190

Zichlanmay erkin holda tashish

50-60

70-80

50-60

70-80

Balandligi 1 m bo’lgan har kaysi paxta qatlami joylangandan keyin g’aram chekkalari 0,5 m dan kam bo’lmagan holda shibbalanadi. G’aram burchaklari 2,5-3,0 m kenglikda zichroq shibbalanadi. Bir kunda bir g’aramga 80 tonnadan ko’p bo’lmagan paxta joylanishi tavsiya etiladi.


Paxtani g’aramlarga joylashda uning cho’kishi hisobiga yon devorlari ko’tarilib qoladi ularnn tarab turish kerak bo’ladi.
G’aram devorlarining eng katta balandligi 7,5 m, g’aram tepasidagi konussimon qismi gumbazsimon shaklga ega bo’lib, balandligi 2,5 m.dan oshmasligi kerak. Konussimon qismining o’rtasi g’aram uzunligi bo’yicha uning o’rtasidan o’tishi kerak.
Paxta g’aramlarini yopish
Paxta g’aramini yopish uchun o’lchami 8,5x7 m bo’lgan brezent chodirlar qo’llaniladi. O’lchami 25x14 m bo’lgan g’aram 10 ta brezent bilan yopiladi. Brezentlarning 7 m.li tomonlari o’lchami 7x17 m.li chodir hosil bo’ladigan qilib juftlab tikiladi va 25x14 m maydondagi g’aramni 8 dona brezent bilan yopish zarur bo’lib qolganda, ularni juft – juft qilib 7 m.li tomonlari bilan tikiladi. Hosil bo’lgan chodirlar keyin yana juft qilib 17 m.li tomonlari bilan tikiladi. SHunday ikki brezent g’aramga ko’ndalangiga 17 m.li tomoni bilan ikkinchi brezent birinchisining ustiga 1 m chiqadigan qilib yopiladi.
Brezent g’aramda halqalardan o’tkazilgan arqon bilan tortib qo’yiladi. Arqonlar uchi g’aram atrofida yerga o’rnatilgan sim halqalarga bog’lab qo’yiladi. G’aram yopiladigan brezent 350...400 tonnadan oz bo’lmagan paxtani yopishi kerak.

Xulosa
Hozirgi zamon taraqqiyotida texnika va texnologiya barcha sohalarga jadal kirib kelmoqda. Noorganik tabiatda qurilish texnika va texnologiyasi, elektrotexnika, teplotexnika orqali namoyon bo’lsa, organik tabiatda qishloq xo’jalik texnikasi, biotexnologiya, genoinjeneriya kabi sohalarda, inson ongi va xotirasini o’rganuvchi informatika va informatsion texnologiyalar, tasviriy san’at va rassomchilik texnika va texnologiyasi, davlatni boshqarish texnikasi va texnologiyasi yorqin ko’zga tashlanmoqda.
Hozirgi zamon texnika falsafasi bu jarayonlarni tahlil etib, o’ta murakkab va serqirra xususiyatlarini chuqur anglagan holda, buning negizida fan-texnika ravnaqi, inson bilimlari va ularni amaliyotda mahorat bilan qo’llay olish ko’nikmalarida deb hisoblaydi. Bu jarayonlarning barchasi jamiyat ravnaqida sifat o’zgarishlarini yuzaga keltirish haqida Amerika sotsiologlari postindustrial jamiyat nazariyasida ifodalab berganlar. Bunda O.Tofflerning uch to’lqinli nazariyasida insoniyat uch texnologik to’lqinni boshdan kechirganligini qayd etib: birinchi to’lqinda asosiy boylik Er bo’lsa, ikkinchisida ishlab chiqarish vositalari va uchinchisida esa avtomatika va kompyuter texnikasi joriy qilinishi bilan belgilanadi.
Barcha davrlarda texnik taraqqiyot fundamental fanlarga tayanishi qayd etib kelingan, lekin shuni ham ta’kidlash joizki, insoniyat tomonidan kashf etilgan har bir texnik ixtiro inson uchun yaratilgandir. Demak, har bir texnik taraqqiyot texnik fanlar asosida vujudga keladi va jamiyat hayotini takomillashtirishga xizmat qilganligi bois ijtimoiy mazmun kasb etib boradi.
Mamlakatimiz paxta sanoatida qo’llaniladigan texnika va texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarish unumdorligi va samaradorligini oshirish va yuqori iqtisodiy samaraga erishish maqsadida ushbu bitiruv-malakaviy ishini bajarishda chigitli paxtani dastlabki ishlash jarayonida qo’llaniladigan tozalagichlarning konstruktsiyasini o’rganib, tahlil qilib chiqildi. Hozirgi vaqtda Respublikamiz paxta tozalash korxonalarida keng qo’llanilib kelayotgan UXK markali chigitli paxtani tozalash agregatining yangi konstruktsiyasini loyihalash va ishlab chiqarishda ishchi hodimni paxta tozalash agrigatlaridan foldalanishi, ularni jarohatlanishni oldini olish, ish qobilaytini va hayotini saqlab qolish uchun takliflar kiritildi.
Loyihada shuningdek “mehnat muhofazsi va texnika xavfsizligi” qismi ko’rib chiqilgan bo’lib, unda mehnat muhofazasining qonunchilik asoslari, mehnat muhofazasiga amal qilishning nazorati, paxta tozalash zavodlarida baxtsiz hodisalar sonining kamaytirish, ayollar va 18 ga tolmagan bolalarni ishchi kuchidan to’g’ri foydalanish, paxta tozalash tsexlarida xavfsizlikni ta’minlash ular to’g’risida ma’lumotlar berilgan.


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling