1. Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi Etishtirilgan paxta mahsulotini qabul qilish va saqlash


OBT rusumli tunnel qazuvchi mashina


Download 1.95 Mb.
bet8/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1554578
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
zulya tayyor

OBT rusumli tunnel qazuvchi mashina- g’aramlarda paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlash yuzasidan profilaktik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish maqsadida tunnel qazish va g’aramlarni tarash bo’yicha qo’l mehnatini yengillatish hamda bu og’ir ishni mexanizatsiyalashtirish uchun mo’ljallangan. Tunnel kovlashda soatiga 15 t gacha paxtani kovlab, transportga ortish quvvatiga ega.
TT turidagi tunnel qazish mashinasi paxta g’aramini cho’kish darajasidan qat’iy nazar, uning uzunasi bo’ylab shamollatish tunnelini mexanizatsiya yordamida hosil qilish uchun mo’ljallangan. Tunnel qazuvchi mashina romida uch romli tasmali ko’chma konveyer o’rnatilgan g’ildirakli o’ziyurar aravadan iborat.
Konveyerning oldingi qismiga qoziqli plankalarning ishchi organi o’rnatilgan bo’lib, ichida uning harakatlantirgichi joylashgan. Ishchi organi orqasida balandligi sozlanuvchi to’plovchi to’siq o’rnatilgan.
Tasmali konveyer bo’g’inlarining harakatlanishi lebedka bilan tros tizimi orqali bajariladi. Paxtani tasmali konveyerdan olib ketish va uni transport kuzovlariga ortish uchun mashinaning orqa qismiga elevator o’rnatilgan. Tunnel hosil qilish teleskopik konveyer kanatlari tizimi yordamida vaishchi organining g’aram ichiga kirib borishi hisobiga amalga oshiriladi. Ishchi organning qoziqli plankalari bilan g’aramdan ajratib olingan paxta konveyer tasmasi yordamida orqa tayanch tomonga tashilib, bu yerdan elevator bilan transport aravachasiga jo’natiladi. Mashina soatiga 12,5 m gacha tunnel qazish imkoniyatiga ega.
UVP ko’chma ventilyator qurilmasi - paxta g’aramlaridan nam havoni so’rish markazdan qochirma ventilyator yordamida amalga oshiriladi. Maxsus maydonchalarning kanallaridan havoni so’rish uchun VTS-10 M, havoni tunnel orqali so’rish uchun esa UVP rusumli qurilma markazdan qochirma ventilyator va so’ruvchi (to’g’ri quvur), drossel yopqich, chiqish to’g’ri quvuri hamda ajratgich quvurlardan iborat.
Ventilyator yon qobirg’a bilan bir butun tashkil qilgan korpusga o’rnatilib, elektr dvigatelь valiga bevosita mahkamlangan ishchi g’ildirak ko’rinishida bajarilgan. Ko’chma ventilyator qurilmasi uch g’ildirakli bo’lib, ulardan bittasi qurilmaga tezkor harakatlanishni ta’minlash uchun buriluvchandir.Ventilyator qurilmasining muayyan maqbul ish rejimi aerodinamik tavsif bo’yicha aniqlanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling