1. Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi Etishtirilgan paxta mahsulotini qabul qilish va saqlash


Download 1.95 Mb.
bet6/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1554578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
zulya tayyor

Paxtani tashish transporti - ikki o’qli 2-PTS-4-793 rusumli transport tirkamasi ag’darma ochiladigan asosiy va ulama bortli platformaga ega bo’lib, paxtani, shuningdek, turli xo’jalik yukdarini har xil yo’llarda va dala sharoitlarida tashish uchun mo’ljallangan. Bu pritsepda 2-4 tonnagacha yukni tashish mumkin.
Tarozi - RS-30TS-13AS rusumli avtomobil tarozisi tayyorlov punkti va paxta zavodlaridan avtomobil vositalarida tashib keltiriladigan paxta va paxta mahsulotlarini tortish uchun mo’ljallangan. Bunday tarozida 1,5 tonnadan 30 tonnagacha yukni tortish mumkin.


3 – rasm. Avtomobil tarozisi (RS-30TS-13AS):
1 — svetofor; 2 — raqamli tablo; 3 — ro’yxatga olish moslamasi; 4 — boshqarish pulti; 5— elektroshkaf; 6 — tsiferblatli ko’rsatkich; 7 — oraliq mexanizm; 8 — poydevor; 9 — dastakli mexanizm; 10 — yuk ko’taruvchi platforma.
Paxtani g’aram va omborlarga uzatish mexanizmi - paxta tozalash sanoatining tayyorlov tarmog’ida (zavod qoshidagi va zavoddan tashqaridagi tayyorlov punktlari) paxtani uzoq vaqt saqlashning ikki usuli-ochiq g’aramda va usti berk binolarda (ombor) hamda ayvonlarda saqlash keng qo’llaniladi.
Paxta ochiq saqlanadigan joylar turg’un mexanizatsiya vositalari bilan paxta yopiq saqlanadigan joylar esa qabul qilish qurilmasi va transportyorlarni o’z ichiga oladigan ko’chma mexanizmlar kompleksi bilan jihozlangan. Keyingisidan asosan paxtani qabul qilishda va uni g’aram maydonchalariga uzatishda foydalaniladi.
TLX-18 tasmali ko’chma paxta transportyori paxtani qop-qanorsiz g’aram va omborlarga uzatish uchun mo’ljallangan. U odatda, PLA, XPP va boshqa rusumli ko’chma-uzatuvchi mexanizmlar to’plamida ishlaydi. Bu mashina 5-12 metrgacha balandlakka, soatiga 20-24 t paxtani ko’tarib tashib beraoladi.
KLP-650 tasmali ko’chma konveyer zavoddan tashqaridagi tayyorlov punktlarida PLA, XPP va boshqa turlardagi qabul qilish, uzatish qurilmalari kompleksida ishlaydi. TLX-18 transportyori singari quyi qismida harakatlantirgich stantsiyasi Bilan jihozlangan bo’lib, u transport tasmasining avtomatik ravishda taranglashuvini ta’minlaydi. U soatiga 38,0 tonnagacha paxtani 19 metrgacha ko’tarib yetkazib beradi.
Konveyer va u bilan bog’langan mexanizmlarda ish boshlanishidan oldin o’chirgichlarning ishi, konveyer tasmalarining taranglashuvi, podshibnik va reduktorlar moylanishi tekshiriladi. Konveyer bir g’aram maydonchasidan boshqasiga ko’chirilganda uni boshqa maydonchaga g’ildiratib surish kerak bo’ladi. Ko’chirish chog’ida strelasini pasaytirish kerak.



Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling