1. Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi Etishtirilgan paxta mahsulotini qabul qilish va saqlash


-rasm. UVP rusumli ko’chma ventilyatorning ko’rinishi


Download 1.95 Mb.
bet9/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1554578
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
zulya tayyor


6-rasm. UVP rusumli ko’chma ventilyatorning ko’rinishi.

4.Paxta xom ashyosini g’aramlashning o’ziga xos xususiyatlari
CHigitli paxtani saqlash
Paxta asosan sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida tayyorlanadi. Paxta tozalash zavodlari shu uch oy davomida bir mavsumda tayyorlangan paxtaning taxminan 20% ini ishlay oladi. Paxtaning qolgan ko’p qismini uzoq vaqt saqlashga to’g’ri keladi.
Paxtani uzoq vaqt saqlaganda tola va chigitning tabiiy xususiyatlarining buzulmasligiga yaxshi e’tibor berish kerak. Paxtani yaxshi saqlash uchun kerakli shartlarning asosiysi uni omborlarga joylash vaqtidagi namligi GOSTga muvofiq I sort uchun 9,0; II sort uchun 10,0; III sort uchun 11,0 va IV sort uchun 13,0 % dan oshmasligi kerak.
Mashinalar bilan terilgan va namligi ruxsat etilgan normadan yuqori bo’lgan chigitli paxta vaqtincha (5 kungacha) saqlash uchun qabul qilinadi. Bunday paxtani joylashda uning balandligi I va II sortlar uchun 4 m dan va qolgan sortlarniki 3 m dan ortiq bo’lmasligi kerak.
CHigitli paxtani saqlash uchun sig’imi 750, 1500, 3000, 4500 va 6000 t va temir- beton detallardan yig’ilgan, pishiq yoki xom g’ishtdan qurilgan yopiq ombor, to’rt tomoni ochiq shiyponlar yoki butunlay ochiq maydonchalardan foydalaniladi.
1-rasm:
700 t paxta saqlash uchun mexanizatsiyalashtirilgan yopiq ombor sxemasi: 1-N-15210 Elevatori; 2-bunker: 3-elevator galovkasi o’rnatilgan rama; 4-paxta traleporteri; 5-elektrtal.
Saqlanayotgan paxta yer osti suvlarining ta’siri bo’lmasligi uchun omborlarning pollari 50 mm qalinlikda asfaltlanadi yoki 150 mm qalinlikda yirik tosh terib orasi mayda shag’al bilan to’ldiriladi, yoki 25 mm qalinlikda somonli loy bilan suvaladi, agar yer osti suvlari ancha chuqur joylashgan bo’lsa, tuproq yaxshilash tekislanib suvab qo’yiladi.
CHigitli paxtani yopiq omborlarda saqlash vaqtidagi zichligi, namligi 10-11% gacha bo’lgan I va II sort paxta uchun 150-190 kg/m3 va namligi 12-14% bo’lgan III va IV va paxta uchun 130-160 kg/m3 bo’lishi kerak.
CHigitli paxtani ochiq maydonchalarda saqlash uchun paxta tayyorlash g’aramlash maydonchalari tartibli ravishda quriladi.

2-rasm:Paxtani usti yopiq omborlarda saqlash tartibi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling