1. Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi Etishtirilgan paxta mahsulotini qabul qilish va saqlash
– rasm. KLP-650 tasmali ko’chma konveyer
Download 1.95 Mb.
|
zulya tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 – rasm. XPP (PLA) rusumli paxtani tushirish va ortish ko’chma mashinasi 1-rolьgant, 2-elevator, 3-tasma, 4-bort XPP paxtani tushirish va ortish mashinasi
- LV rusumli surilma narvon
- Paxta uchun operativ mexanizatsiyalashgan ombor
4 – rasm. KLP-650 tasmali ko’chma konveyer
1-harakatlantiruvchi baraban, 2-konveyer ramasi, 3-voronka, 4-tasma, 5-aylanib o’tuvchi baraban, 6-ko’targich, 7-arava, 8-boshqarish shkafi. PLA tasmali ta’minlagich-transport kuzovlaridan g’aram yoki omborga tushirilgan paxtani qabul qilish va ortish uchun mo’ljallangan. Soatiga 24 tonnagacha paxtani tashib ta’minlab beradi. 5 – rasm. XPP (PLA) rusumli paxtani tushirish va ortish ko’chma mashinasi 1-rolьgant, 2-elevator, 3-tasma, 4-bort XPP paxtani tushirish va ortish mashinasi - transport kuzovlaridan paxtani qabul qilish va uni TLX-18, KLP-650 rusumidagi konveyerlarning voronkasiga uzatish uchun mo’ljallangan. XPP mashinasi PLA ta’minlagichning modifikatsiyalashgan shakli bo’lib, uning asosida tayyorlangan, shunga o’xshagan ishchi organlariga va tezlik ishlashiga ega. PLA ta’minlagichning farqi shundaki, uning yon tomoniga butun uzunasi bo’ylab rolьgang sharnir usuli bilan osib qo’yilgan, bu esa ta’minlagichning kengligini ko’paytirish, paxtaning osilib qolish ehtimolini kamaytirish va paxtani transport kuzovlaridan tushirishda qo’l mehnati xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Soatiga 32 tonnagacha paxtani tashib yetkazib beradi. LV rusumli surilma narvon - bu ko’chma narvon paxta zavodlari va tayyorlov punktlaridagi paxta g’aramlariga xizmat ko’rsatish, shuningdek, odamlarni 13 metrgacha balandlikka (g’aram ustiga) ko’tarish uchun mo’ljallangan. Narvon yig’ma holda zavod yoki tayyorlov punkti hududida avtomashina yoki traktor yordamida shatakka olinadi. Ikki-uch kishi g’ildiratib sudrashi ham mumkin. Paxta uchun operativ mexanizatsiyalashgan ombor - bu ombor paxta tozalash sanoati korxonalarida paxtani omborga qabul qilish ishlarini mexanizatsiyalash uchun mo’ljallangan. Yong’inga qarshi masofalarni (50 m) hisobga olgan holda u asosiy ishlab chiqarishga bevosita yaqinroq joylashtiriladi. Paxtani qo’l mehnati sarflamay qabul qilish, uni qisqa vaqt saqlanishi va keyin RP turidagi mashinalar yordamida ishlab chiqarishga uzatilishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarishini tayyorlash vazifalarini bajarib, paxta zavodi texnologik jarayonining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. Operativ mexanizatsiyalashgan ombor o’z ichiga qurilish konstruktsiyasini va turg’un mexanizatsiya vositalarini oladi. qurilish konstruktsiyasiga bo’lgan texnologik talablarning asosiysi-paxtani yuklash va keyin ombordan olib, ishlab chiqarishga uzatish qulayligidadir. Ombor yig’ma temir beton konstruktsiyasi ko’rinishida 18x54 m o’lchamida bajarilgan. Omborning balandligi 8,5 metr. Paxtani transport kuzovidan qabul qiluvchi qurilmaga tushirish pandusda amalga oshiriladi. Pandus va qabul qiluvchi tasma balandligidagi farq 2,0-2,5 m. Noqulay ob-havoda paxtani qabul qiluvchi qurilma ayvonda montaj qilinadi. Ombor ichida paxtani taqsimlash otqich tomonidan uning gorizontal tekislikda burilishi hisobiga amalga oshiriladi. Otqichning burilish burchagi 1200 gacha, paxta oqimini tashlash uzoqligi lahzalik unumdorlikka qarab 18 m gacha. Paxtani g’aramdan buzib olib chiqish omborning yon devorlarida joylashgan eshik o’rinlari orqali ham amalga oshiriladi. Operativ omborning turg’un mexanizatsiya vositalari kompleksi PTM turidagi qabul qilish-uzatish qurilmasi, olib ketish konveyeri, taqsimlagich yeng, otqichlari bo’lgan nishabli transportyorlarni o’z ichiga oladi. Paxta g’aramini buzish va avtotransport kuzovlariga ortish-g’aram yoki omborlarga joylangan paxtani avtomobil yoki traktor tirkagichlariga ortish operatsiyalarini mexanizatsiyalash uchun RBA yoki RP rusumli buzgichlardan foydalaniladi. Buzgich 4 g’ildirakli aravacha romiga o’rnatilgan, strelasi bo’lgan burilish platformali o’ziyurar mexanizmdir. Strelada qoziqli freza va olib ketuvchi transportyor yig’ilgan. Strelaning tik tekislikda harakatlanishi ko’tarish-tushirish mexanizmi bilan, gorizontal tekislikda harakatlanishi esa burilish platformasini aylantirish bilan amalga oshiriladi. Paxtani transport kuzoviga ortish buzgich romida yig’ilgan ortish transporti yordamida amalga oshiriladi. Mashinani ikki operator va uning yordamchisi boshqaradi. Buzgich ishi masofadan boshqarish va ko’chma boshqaruv pulьti yordamida bajariladi. Bu mexanizm soatiga 12 tonnagacha paxtani g’aramdan buzib va ortib berish imkoniyatiga ega. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling