1. Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi Etishtirilgan paxta mahsulotini qabul qilish va saqlash


Paxta tayyorlash punktlari va paxta zavodlarida tashish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish


Download 1.95 Mb.
bet5/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1554578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
zulya tayyor

3.Paxta tayyorlash punktlari va paxta zavodlarida tashish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish.
CHigitli paxtalar odatda paxtani yetishtirgan xo’jaliklardan qop-qanorsiz TMZ-879 va TMZ-879-01 rusumli avtopoezdlarda 2-PTS-4-793 va 2-PTS-4-794A-01 traktor (tirkama)pritseplarida tashiladi. SHuningdek, paxta tayyorlov punktlaridan paxta zavodlariga ham avtomashinalarda tashib keltiriladi.
Texnik chigit yog’-moy zavodlariga qop-qanorsiz: 50-60 tonna yuk ko’taradigan 106 va 120 m3 sig’imli yuk ortiladigan usti yopiq temir yo’l vagonlarida, shuningdek, avtomobil transportida ko’pincha TMZ-879 rusumli avtopoezdlarda va favqulotdagi hollarda 2-PTS-4-793, 2-PTS-4-794A, 2-PTS-4-793A-03 turidagi traktor shataklarida tashiladi.



1 – rasm: TMZ-879-01 rusumli avtopoezd
2 – rasm: 2-PTS-4-793 rusumli traktor (tirkama)pritsepi
Paxta tozalash va yog’-moy zavodlari yonma-yon joylashgan bo’lsa, chigit uzluksiz transport vositalarida, asosan, vintli konveyerlarda tashiladi.
Qoplarga joylashtirilgan urug’lik chigit paxta tozalash zavodlaridan tayyorlov punktlariga avtomobil transportida keltiriladi. Paxta tolasi, momiq va tolali chiqindilarning toylari usti berk temiryo’l vagonlarida tashiladi. Kirish uchun temiryo’llari bo’lmagan paxta tozalash zavodlaridan jo’natish bekatigacha, ayrim hollarda esa belgilangan joygacha toylar avtotransport bilan tashiladi.
Paxta tayyorlash punktlari va paxta zavodlarida qabul qilingan mahsulotni yuklash, tashish-tushirishda quyidagi asosiy ishlar bajariladi.
Paxtani tayyorlash punktlarida:
•qabul qilingan paxtani tarozida tortish;
•paxtani saqlanadigan joyga olib borish;
•g’aramlarning yonlarini tekislash va ustini yopish hamda tonnelь va quduqlar qazish;
•paxtani quritish-tozalash tsexi ichida tashish;
•g’aram yoki omborlardagi paxtani avtomashinalarga yoki konnteynerlarga ortish;
•paxta zavodidan avtomashina yoki temiryo’l vagonlarida keltirilgan qopdagi urug’lik chigitlarni tushirish;
Paxta zavodining ishlab chiqarish maydonchalarida va asosiy tsexlarida quyidagi ishlar bajariladi:
•tayyorlov punktlaridan va xo’jaliklardan qabul qilingan paxtani tarozida tortish, ularni chiqarish joyiga yoki omborlarga, maydonchalarga bo’shatish;
•g’aramlash va ularning yonlarini tekislash, ustini yopish hamda tonnellar va quduqlar qazish;
•saqlanayotgan paxtani quritish-tozalash tsexlariga yoki zavodga ishlab chiqarish uchun keltirish;
•paxtani va chigitni tsexlararo tashish;
•chigitni texnologik protsessida tortish va uni saqlanadigan joygacha tashish;
•chigitni avtomashina va temiryo’l vagonlariga ortish;
•urug’lik chigitlarni qoplash va ularni saqlanadigan yerga tashish;
•chigitni g’aramlash va chigit g’aramlarini buzish;
•o’lik va tolali chiqindilarni tsexlararo tashish;
•tola lintni press yashigiga uzatish;
•tayyorlangan toylarni press yashigidan chiqarish;
•toylarni tortish, ularni yuk ortish maydonchasiga tashish, taxlash va taxlangan toylarni temiryo’l vagonlariga ortish;
•arrali tsilindrlarni jin tsexidan arra tsexiga tashish;
•toyni bog’lash uchun ishlatiladigan sim va lentalarni tayyorlash;
•tayyorlangan belbog’larni press tsexiga tashish.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling