1. Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi Etishtirilgan paxta mahsulotini qabul qilish va saqlash


-rasm: Paxtani g’aramlash jarayoni


Download 1.95 Mb.
bet4/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1554578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
zulya tayyor

1-rasm: Paxtani g’aramlash jarayoni.
Har yilgi paxta tayyorlash Davlat rejasini bajarish uchun, dalalardan keltirilgan paxtani o’z vaqtida qabul qilib olish, markazlashgan usulda quritish – tozalash, yaxshi
saqlash uchun paxta tozalash zavodlari va ularga qarashli paxta tayyorlash punktlari quyidagi talablarni bajarishlari kerak:
●paxta ekadigan jamoa, shirkat va boshqa xo’jaliklar bilan har yili butun hosilni davlatga sotish uchun kontraktatsion shartnoma tuzishi va uning bajarilishini tekshirishi;
●xo’jaliklarda qo’lda va mashinada teriladigan paxtaning sifatini qanday qilib yaxshilash va sortlarga to’g’ri ajratish haqida tushuntirish o’tkazish;
●paxtani qabul qilishda davlat standartlarida belgilangan qoida va normalarga qat’iy rioya qilish;
●quritish-tozalash tsexlarining to’xtovsiz va unumli ishlashini ta’minlash;
●qabul qilingan paxta uchun paxta topshiruvchilar bilan to’g’ri va o’z vaqtida hisob-kitob qilish;
●qabul qilingan paxtani selektsion va sanoat sortlari bo’yicha uning usuliga va dala gruppalariga qarab alohida partiyalarga ajratish va urug’lik paxtalarni ham reproduktsiyasi bo’yicha alohida partiyalarga ajratish;
●saqlanayotgan paxtaning sifatini o’z vaqtida tekshirib turish va zavod planiga muvofiq yuklab jo’natib turish;
●paxtani saqlash, quritish, tozalash va zavodga jo’natish vaqtlarida uning sifatini buzmaslik va isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak;
●zavodga yuborilayotgan paxtani tayyorlash punktida va zavodda tarozida tortish va uning sifatini aniqlash yo’li bilan tayyorlash punktida saqlanayotgan paxtaning hisobini to’g’ri olib borish; paxtani qabul qilish, saqlash, quritish va tozalash hamda zavodga yetkazib berish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish choralarini ko’rish;
●paxta tayyorlash ishining hamma bosqichlarida yong’indan saqlash va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq tadbirlarini ko’rish paxtani qabul qilish, omborlarga joylash va ularni tashish davrida ishlatiladigan mexanizmlardan to’liq unumli foydalanish choralarini ko’rish;
●paxta tayyorlash davrida ishlatiladigan transport uskunalari, brezentlar, qop- qanorlar, laboratoriya jixozlari va boshqa xo’jalik materiallarini tejab-tergab sarflash choralarini ko’rish;
●paxta tayyorlash punktlarining vazifasiga paxta tozalash zavodidan keltirilgan urug’lik chigitni vaqtincha saqlash va ularni o’z vaqtida xo’jaliklarga qoidaga muvofiq tarqatish.
Paxta tozalash zavodlarida ishlab chiqariladigan paxta tolasi davlat standartiga muvofiq yettita sortga bo’linadi. SHu sababli chigitli paxtani qabul qiluvchi klassifikatorlar har bir sort paxta ichidan uning tashqi ko’rinishiga qarab yaxshi sifatli tola beradigan qismini quyidagicha ajratib olinib, aloxida partiyaga to’plab boriladi:
– I sort paxtadan-pallalarining yirikligiga, rangiga, yaxshi ochilganligiga, vazminligiga qarab a’lo sort tola beradigan qismini;
– III sort paxtadan – ko’proq IV sort tola beradigan qismini;
– IV sort paxtadan – ko’proq IV va V sort tola beradigan qismini;
Mashinada terilgan paxta ichidan esa ko’proq I sort tola olish uchun uning yaxshi pishgan qismi alohida ajratib olinadi.
Paxta tayorlash punktining teritoriyasi zavod direktorining buyrug’iga muvofiq ikki yoki uch zonaga bo’linadi. Uch zonalik tayyorlash punktlarining kirish darvozasi yoniga joylashgan 1 – zonada klassifikator paxtaning sifatini aniqlab, laboratoriya uchun namuna oladi; 2 – zonada paxta tarozida tortiladi va katta klassifikator qabul qilish hujjatini yozib beradi; 3 – zonada qabul qilingan paxta partiyasiga qarab ochiq yoki yopiq omborlarga joylashtiriladi va klassifikator tomonidan qayta sifati tekshiriladi.
Paxta qabul qilish ikki zonali sistemada bajarilsa, katta klassifikator 1 – zonada turib paxtaning sifatini tekshiradi va tarozida tortadi. Agarda paxtaning sifati standart talabiga javob bermasa 1 – zonadan nariga o’tkazilmaydi va quritish, tozalash uchun qaytariladi.
Paxta tayyorlash punktining laboratoriyasi qabul qilingan paxtaning har bir partiyasi uchun pasport – kartochkasini tuzadi. Pasportda paxtaning selektsion va sanoat sorti, reproduktsiyasi, dala guruxi, ombor nomeri, partiyaning boshlangan va tugallangan vaqti, uning og’irligi va klassifikatorning familiyasi ko’rsatiladi.


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling