1. Birja tarixi


Download 0.67 Mb.
bet37/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Bog'liq
birja javoblar

18.Rieltorlik institutlari. Rieltorlik firmasi va uning vazifalari Boshqa tadbirkorlik ko'rinishlari qatori, rieltorlik faoliyati xayot uchun odamlarning muayyan extiyojlaridan yuzaga kelgan, bu xolda ko'chmas mulk bitimlarini amalga oshirishga majbur etadigan extiyojlar bilan bog'liq.
Ko'chmas mulk bitimlarini uzunligi va ko'pbosqichliligi, bozor xolati xaqda va unda taqdim etilgan ob'ektlar xaqida maxsus ma'lumotlarga ega bo'lish zaruriyati, bitimni tuzishdagi risklarni turli-tumanligi - rieltorlik nomini olgan tadbirkorlik faoliyatini aloxida turi paydo bo'lishi va rivojlanishi sababi bo'ladi.
Rieltorlik firmalar funksiyalari. Rieltorlik (brokerlik) faoliyat - ko'chmas mulk bitimlarini tuzish bilan bog'liq maslaxat-dallolchilik xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha faoliyatdir. Rieltorlik firmasining faoliyat maxsuloti (individual tadbirkor-rieltor, ko'chmas mulk agentligi) bo'lib iqtisodiyotni o'zgacha sektori bo'lmish ko'chmas mulk bozoridagi xizmat kiradi.
Broker ko'rsatadigan xizmat turlarining tarkibi-xaridor va sotuvchi xaqidagi, ijarachi va ijaraga beruvchi, ko'chmas mulkni bevosita qatnashchilari xaqidagi ma'lumot, ular o'rtasidagi bitimlarni amalga oshirishga tayyorlash va o'qitish yoki, iqtisodiy nazariya terminlari bilan aytganda - ko'chmas mulk bozorida talab va taklifga mos ravishda faoliyat yuritish. Ishning maqsadiga ko'ra, rieltor vositasida ko'chmas mulk bozorini nomukammalligi, bozor o'z-o'zini boshqarish baxoli mexanizmlarining zaifligi hal etiladi.
Rieltor faoliyati paydo bo'lish sababi -ko'chmas mulk bitimini amalga oshirishda zaruriy chiqimlarni yuqori darajasi (tranzaksion chiqimlar) ko'chmas mulk bitimiga taaluqli risklar har-xilligi.
Rieltor biznesini vazifasi ko'chmas mulk bitimini amalga oshirishda chiqim va risklarning yig'indisini kamaytirish.
Ko'chmas mulkning potensial sotuvchisi (xaridori) firmaga murojaat qiladi, chunki bitimlar tuzish tajribasiga ega, bu faoliyat bilan doimiy shug'ullanadigan, xaridor yoki sotuvchini o'zi yaxshi bilmaydigan bu bozorni tushunadigan rieltor-professional xizmatiga extiyoj sezadi.
Ko'chmas mulk bozori rivojlangan davlatlar ko'chmas mulk bitimlarining ko'pi agent-rieltor (broker) orqalio'tkaziladi. Rieltorlik (brokerlik) firmasi xizmatlar narxi agar mustaqil xolda amalga oshirilsa bitim qatnashchilari chiqimlari yig'indisining minimal darajasi bilan aniqlanadi.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling