1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

35-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi 
rayosatining vakolatlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini ko‘rib 
chiqadi; 
rais o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlari raislarining sudlov hay’atlari faoliyati haqidagi 
ma’ruzalarini eshitadi;
tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarining shu sudlar faoliyati to‘g‘risidagi va 
qonunchilikni qo‘llash amaliyoti haqidagi ma’ruzalarini eshitadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati qonunga 
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
36-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining 
sudlov hay’atlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya bo‘yicha ko‘radi; 
ishlarni apellatsiya tartibida ko‘radi; 
sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi; 
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; 
sud statistikasini tahlil qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari 
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
37-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi:
sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; 
sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; 
sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni 
tashkil etadi; 
sud majlislarida raislik qiladi;
quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;
sudyalarning, sud apparati xodimlarining hamda xalq maslahatchilarining malakasini 
oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi; 
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini 
yuritish ishini tashkil etadi; 
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning 
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; 
sudyalar malaka hay’ati qarorlari, xulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga 
taqdimnomalar kiritadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati 
to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent 
shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning 
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va 
bekor qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi qonunga muvofiq 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi yo‘qligida uning 
vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud raisining 
o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin. 



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling