1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

41-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari 
bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, 
shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi: 


sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi hamda ularning 
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; 
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati 
to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning 
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini 
tuzadi va bekor qiladi. 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha 
tuman, shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, 
shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlarini rais 
o‘rinbosari bajaradi, u yo‘qligida esa, sud raisining vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, 
viloyat, Toshkent shahar sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga 
yuklatilishi mumkin. 
42-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling