1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati
bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-703 28.07.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar
bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari: vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi; sud majlislarida raislik qiladi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi; sud raisi yo‘qligida uning vazifasini bajarib turadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 5-bob. Harbiy sudlar 43-modda. Harbiy sudlar tizimi O‘zbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iboratdir. 44-modda. Harbiy sudlarning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqi asosida ish yuritadi hamda rais, rais o‘rinbosari, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqi asosida ish yuritadi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. 45-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari quyidagi ishlarni ko‘radi: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida bo‘lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni; harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini hamda harbiy boshqaruv organlari qarorlari, harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni; alohida holatlar tufayli sudlar faoliyat ko‘rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini; qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni; davlat sirlariga taalluqli ishlarni. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham ko‘rishi mumkin. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling