1 bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
bog`in.pdf kurs ishi
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda oliy maktabda ta’lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, talabalar uchun yangi, zamonaviy o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratish va ular bilan o‘tkaziladigan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishni hozirgi davr kun tartibining dolzarb masalalari qilib qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy maktab ilmiy jamoalari oldiga qo‘yilayotgan yuksak talablarning boisi ham shundadir. Oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilshunosligi fani va uning barcha sohalarini, ayniqsa, “Hozirgi o‘zbek tili” kursini ana shu talablar darajasida o‘qitish, buning uchun mavjud darslik va qo‘llanmalarni yangi mazmun asosida qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilmoqda. Chunki ular nazariy jihatdan eskirmagan bo‘lsa ham, darslik va qo‘llanmalar matnlaridagi iste’moldan chiqqan ayrim so‘z va iboralar, atamalarni almashtirish zarurati paydo bo‘ldi. [ 1 ] 1 Қ. Леви-Строс. Структурная антропология. М., 1985, с. 35. 2 В, К. Журавлёв. Фонология фундаментальная и прикладиая. Проблеми фонетики ифонологии. Материалм Всесоюзного совешания. М., 1986. с, 35 — 39, 5 1. Bo‘g‘in va uning tuzilishi Bo‘g‘in bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikma-sidir. Masalan: ona (o-na), ota (o-ta), bola (bo-la) kabi. Bo‘g‘in nutq oqimi-ning tovushdan katta, so‘zdan kichik (ba'zan bir so‘zga teng) segment birligidir. Fonologik nuqtai nazardan bo‘g‘in sillabema deyiladi, uni o‘rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi. Bo‘g‘in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo‘g‘inning markazi hisoblanadi - u undoshlarni o‘ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytila-digan fonetik bo‘lakni (bo‘g‘inni) hosil qiladi. Undoshlar o‘zicha bo‘g‘in yasa-maydi (sonorlar bundan mustasno). Ular unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi; kitob so‘zidagi “ki” bo‘g‘ini boshida kelgan "k" undoshi shunday. Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so‘ng kuchsizlanib tugaydi: kitob so‘zidagi "tob" bo‘g‘ini oxirida kelgan "b" undoshi shunday. Ba'zan ikki bo‘g‘in orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: muddat (mud–dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala "dd" bir tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli bosh-lanib, kuchli tugaydi, oralig‘ida esa bir oz pasayish kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo‘g‘in tuzilishida undosh-lar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakteri- da bo‘ladi. Shunga ko‘ra bo‘g‘in uch qismga bo‘linadi; a) bo‘g‘in boshi - bo‘g‘in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo‘lgan qism; b) bo‘g‘in marka-zi (bo‘g‘in balandligi); v) bo‘g‘in markazidan keyingi qism (bo‘g‘in balandli-gidan so‘nggi qism). Unli (V) yoki unli+undosh (VS) tipidagi bo‘g‘inning boshi nulga teng bo‘ladi: o+ta (birinchi bo‘g‘in boshi nolga teng), ol+ma (birinchi bo‘g‘in boshi nolga teng); undosh+unli (SV) tipidagi bo‘g‘inning oxiri ham nulga teng: ol+ma ("ma" bo‘g‘inining oxiri nolga teng) kabi. O‘zbek tilidagi umum turkiy so‘zlarda: a) boshi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling