1 bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/30
Sana29.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1138277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
bog`in.pdf kurs ishi


 
nolga teng bo‘g‘in faqat so‘z boshida uchraydi: o+ta, uch+ta kabi; b) boshi nolga 
teng bo‘lgan bo‘g‘in birinchi bo‘g‘indan keyin qo‘llanmaydi. Bu tipdagi bo‘g‘inning 
so‘z o‘rtasida yoki oxirida kelishi faqat arabcha va ruscha leksik o‘zlashmalarda 
uchraydi: ma– o–rif (arab-cha), a–or–ta (ruscha-baynalmilal) kabi; v) oxiri nolga 
teng (SVtipidagi) bo‘g‘in so‘zning barcha qismlarida qo‘llanishi mumkin: bo+la, 
da+la kabi; g) bo‘g‘in boshida undoshlarning qatorlashib kelishi faqat ruscha-
baynalmilal so‘zlarda uchraydi: traktor (birinchi bo‘g‘in sxemasi – SSVS) kabi. 
Bo’g’in. So’zning bir nafas zarbi bilan aytiladigan tuvush yoki tovush 
birikmasidan iborat qismi bo’g’in deyiladi. Masalan, otamiz so’zida uch bo’g’in bor: 
o-ta-miz. Birinchi bo’g’in tovushdan, qolgan iktasi tovush birikmalaridan iborat. 
O’zbek tilida bo’g’in unlisiz tuzilmaydi. So’zda qancha unli bo’lsa shuncha bo’g’in 
bo’ladi. Bo’g’in sonini aniqlash uchun unli sanab chiqish kifoya. 
Bo’g’in dastlab ikki belgi asosida tasniflanadi: 
1. Unli yoki undosh bilan tugashiga qarab: a) ochiq bo’g’in b) yopiq bo’g’in 
farqlanadi. 
Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in deyiladi: ona, ota, opa. 
Undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi: mak-tab, rah-bar, shah-
mat. Bir bo’gin bittadan to’rttagacha, o’zlashma so’zda beshtagacha tovushdan 
iborat bo’ladi: ona, bosh, tekst. 
O‘pkadan chiqayotgan havo to‘lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan tovush 
yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g’in deyiladi: ki-tob-lar, o-i-la. Unli tovush bilan 
tugagan bo‘g’in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g’in yopiq bo‘g’in deyiladi. Yopiq 
bo‘g’in: daf-tar, gul-don.
Ochiq bo‘g’in: o-i-la, to-la. Har bir bo‘g’in tarkibida unli tovush bo‘lishi shart, 
demak, so‘z tarkibida nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g’in bo‘ladi. Bo‘g’in 
tarkibida undoshlar qatnashmasligi ham mumkin: u-ka, o-na. O‘zbek tilida quyidagi 
bo‘g’in shakllari mavjud: bir undoshli: ot, bu; ikki undoshli: ost, non; uch undoshli: 
to‘rt, shart; to‘rt undoshli: sport, start. 



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling