1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob
Baholashning realligi nima?
Download 222.5 Kb.
|
1 1 1 1 Buxgalteriya hisobi qanday turlarga boʻlinadi.docx RUSLAN.docx 12.docx 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum – birinchi harajat.
- 122 TMZlarni baholash qaysi BHMS bilan tartibga solinadi
121 Baholashning realligi nima?
Haqiqiylik printsipi xo‘jalik mablag‘lari so‘mda baholanishini to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi.Bir xillik printsipi baholashda qo‘yidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart.Yuqorida tovarlar, hamda asosiy vositalar baholanishi haqida ma’lumotlarni keltirildi.Quyida esa korxona ba’zi mulklarini baholanishi haqida so‘z yuritamiz.Materiallar aylanma mablag‘lar hisoblanib, ularni korxona xo‘jalik faoliyatidagi harakati tez amalga oshadi. Materiallar har bir turini tayyorlash ular haqiqiy tannarxini aniqlash, hisoblash ko‘pgina hisoblashishni, hamda vaqtni talab etadi. Materiallarni baholashda qo‘yidagi baholardan foydalaniladi: materiallarni reja bahosi va haqiqiy tannarxi.Materiallarni haqiqiy tannarxi va reja bahosi bo‘yicha baholari o‘rtasidagi farq analitik hisob orqali aniqlanadi va «Materiallar qiymati o‘rtasidagi farqlar» - 1610 schyotda aks ettiriladi.Materiallar haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashni qo‘yidagi usullaridan foydalaniladi:O‘rtachatannarxAVECO. FIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum – birinchi harajat. LIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum – oxirgi harajat.Buxgalteriya hisobi milliy standartining № 5 sonida materiallarni baholashda AVECO usulidan foydalanish tavsiya etilgan.Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa, sudning tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi.Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi.Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor qiymatida, balans (hisob) qiymatda va hakozolarda hisobga olinadi. 122 TMZlarni baholash qaysi BHMS bilan tartibga solinadi? ‘Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish’nomli 19-son BHMS va ‘Tovar moddiy zaxiralar’ nomli 4-sonli BHMS bilan tartibga solinadi. . Jumladan, 4-sonli "Tovar-moddiy zaxiralar" nomli BHMSga muvofiq: "tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo’lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar"4 Tovar-moddiy zaxiralar 4-sonli "Tovar-moddiy zaxiralar" nomli BHMSga muvofiq tashkilotlarda quyidagilar ko’rinishida bo’lishi mumkin: a) mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish, ma'muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg’i, idish va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo’jalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralari; b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo’yilmasdan) katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar; v) detallar, uzellar, buyumlarning tugallanmagan ishlov berilishi va yiqilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko’rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo’yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi; g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi - sotish uchun mo’ljallangan va qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda shartnomada yoki boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv); d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatdagi faoliyati davomida qo’shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo’ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar ob'ektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo’lib hisoblanishi mumkin Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling