1-chi bilet. 1-savol Ochiq iqtisodiyot
Cr +1 M =------------- · B
Download 271,75 Kb.
|
dinamika
- Bu sahifa navigatsiya:
- ------------------- = -------------- B C+R C/ D + R / D Cr +rr
Cr +1
M =------------- · B yoki M = m · B Cr + rr (Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so„mlik pul bazasi hisobiga necha so„mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko„rsatadi. Pul multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko„rinishida yozish mumkin: M C+D C/ D + D/ D Cr + 1 m = ------------ = ----------- = ------------------- = -------------- B C+R C/ D + R / D Cr +rr Cr miqdori – aholining o„z mablag„larini naqd pullar va depozitlar o„rtasida qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog„liq. rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo„ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog„liq. Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog„liq ekan.Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o„zgarishini ko„rsatadi. Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta‟sir etish yo„li bilan tartibga soladi. Mamlakatda pul miqdori ko„payadi, agar: -pul bazasi o„ssa; majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa; tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa; -naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa. 2) RIVOJLANGAN DAVLATLARDA INVESTITSIYA OQIMI TAHLILI 3) EKSPORTGA BOJXONA BOJLARI. EKSPORTGA SUBSEDIYALAR VA IMPORT KOMPENSASIYA BOJLARI. Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo„llaniladi. Bularga: eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot etkazib berish; firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish; bevosita subsidiyalash kiradi. Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo„qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat budjeti yo„qotishga uchraydi, importyor davlat budjeti esa qo„shimcha daromad ko„radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko„rinishlaridan biridir. Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste‟mol o„sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo„qotishga duch bo„ladilar. Tanqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste‟molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo„ladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo„lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. Bu yerda «ixtiyoriy so„zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o„z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste‟molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste‟molchilar ularni e‟tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste‟molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko„rgan yo„qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi. Savdo siyosatini amalga oshirishning ko„rib o„tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a‟zo bo„lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi. Download 271,75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling