1-chi bilet. 1-savol Ochiq iqtisodiyot
Download 271.75 Kb.
|
dinamika
16-bilet
1.AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo„lishi kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ko„rib chiqamiz (5.3-rasm). Dastlab muvozanat e nuqtasida o„rnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini bildirishini ko„rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz. Iste‟molchilar baholar darajasi P1 bo„lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo„lganligi tufayli iste‟molchilar o„rtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko„tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y e gacha oshirishga va iste‟molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Pe baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir. 2.Soliqlar majburiy to‗lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to‗lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‗z mulkiga aylantiruvchi davlat o‗rtasida yuzaga keladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‗rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi kilganda ham pul to‗lovlari mavjud. Lekin ular soliq bula olmaydi. Soliq munosabati bulish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot kiymatini taksimlash yo‗li bilan majburan davlat budjetiga mablag to‗plash jarayonini amalga oshiradi. Soliqlarning o‗ziga xos belgilari mavjud bo‗ladi, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, kat‘iylik va doimiylik, anik soliq to‗lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir. Birinchi belgi-majburiylik. Soliq va yig‗imlar majburiy bo‗ladi, bunda davlat soliq to‗lovchining bir kism daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib kuyadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksiing tamoyili asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan. Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xazinaga-davlat budjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, to‗lov boshqa ixtiyoriy fondlar - «Iste‘dod», «Yoshlar ittifoqi», «Nuroniy», «Mahalla» jamg‗armalariga tushsa, unda soliq munosabati bo‗lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yuk, u to‗lov davlat mulkiga tushmaydi. 3.Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo„lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi2: M · V = P · Y Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo„lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o„zgarishi mumkin. V doimiy bo„lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo„ladi: M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan: P · Y M= ----------- V* P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o„zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o„zgarishiga bog„liq. Muomaladagi pul massasining o„zgarishi, klassik nazariyaga ko„ra, Y sekin o„zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta‟sir ko„rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko„rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko„rsatadi: 1. transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); 2. ehtiyotkorlik sababli (ko„zda tutilmagan holatlar uchun ma‟lum miqdorda naqd pullarni saqlash); 3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog„ozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o„rtasidagi teskari bog„liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko„tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o„z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo„lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko„rsatadiki pulga bo„lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog„liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo„lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya‟ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo„lda ushlab turgan sharoitda yo„qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta‟sir qilganidek, naqd pullarni qo„lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta‟sir ko„rsatadi. Download 271.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling