1-chi bilet. 1-savol Ochiq iqtisodiyot
-bilet Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi
Download 271.75 Kb.
|
dinamika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
- Ishsizlar
- Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
- Tarkibiy ishsizlik.
- Davriy ishsizlik
- To‘la ish bilan bandlik
17-bilet
Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi. YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi.Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko‘proq foydalaniladi. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo‘lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi..Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi.1 Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi. Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo‘ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi. Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi.To‘la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz. Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi. To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi.2 Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo‘linadi 3)O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TO’LOV BALANSI VA UNI BELGILOVCHI OMILLAR To‘lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo‘nda ifodalab pul-kredit, valuta, budjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi. Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to‘lov balansida o‘z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valuta ayirboshlash va valuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to‘lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to‘lovlar ko‘rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to‘lovlar va xorijiy valuta xarajatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valuta bo‘lishi mumkin. To‘lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo‘linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalar (15.1-jadval). Shunga ko‘ra to‘lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat: Joriy operatsiyalar hisobi; Kapital harakati hisobi. Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko‘rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valuta ishlab topib, mamlakat valuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakat valuta zahirasini kamaytiradi. Download 271.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling