1-chi bilet. 1-savol Ochiq iqtisodiyot


Download 271.75 Kb.
bet18/23
Sana02.11.2023
Hajmi271.75 Kb.
#1740155
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
dinamika

20-bilet
1.Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida yalpi talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o‘zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi.
2. To‘lov balansi– ma’lum bir vaqt mobaynida (chorak, yarim yil, bir yil va h.k.) bir mamlakat va unda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralarining boshqa mamlakatlardagi korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralari bilan amalga oshirgan barcha iqtisodiy operatsiyalarini o‘zida aks ettiruvchi statistik hisobotdir. Masalan, tovar va xizmatlarni eksport yoki import qilish, boshqa bir davlatga kredit berish yoki jalb etish, kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha xalqaro savdolar va boshqalar shular jumlasidandir. Ushbu hisobot mamlakat tashqi iqtisodiy holatini tahlil qilish va unga oid pul-kredit, valyuta siyosati kabi makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun muhim statistik asos vazifasini o‘taydi.Xalqaro valyuta jamg‘armasining tasnifiga binoan, to‘lov balansi joriy operatsiyalar hisobi, kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi, moliyaviy operatsiyalar hisobi hamda sof xatolar va yo‘qotishlar kabi tarkibiy qismlardan iborat.Tovarlar va xizmatlar eksporti va importi, bir mamlakatning xorijda ishlovchi hamda o‘sha davlatda ishlovchi chet ellik ishchilarning daromadlari va xarajatlari, bir mamlakatning tashqi aktivlari va majburiyatlari bo‘yicha qo‘lga kiritgan yoki to‘lab berishi lozim bo‘lgan daromadlari, shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari, grantlar va insonparvarlik yordamlari va boshqa operatsiyalar to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobida aks etadi.Bundan tashqari, bir mamlakatdagi korxonaning boshqa bir mamlakat korxonasiga katta miqdorda bag‘araz moliyaviy resurs taqdim etishi yoki ixtiyoriy ravishda qarzidan voz kechishi kabi kapital transfertlari hamda yer, tabiiy resurslar, shartnomalar, marketing ishlanmalari kabi ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar savdolari to‘lov balansining kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobida jamlanadi.Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi aktivlar va majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar to‘lov balansining moliyaviy operatsiyalar hisobida yuritiladi. Moliyaviy hisob to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, moliyaviy derivativlar (svop, opsion va h.k.), boshqa investitsiyalar (valyuta va depozitlar, savdo kreditlari hamda avanslari va boshqalar) va rezerv aktivlaridan iborat.

Download 271.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling