1-chi bilet. 1-savol Ochiq iqtisodiyot


Download 271.75 Kb.
bet19/23
Sana02.11.2023
Hajmi271.75 Kb.
#1740155
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
dinamika

3. Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k.s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
P.-k.s. bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.
Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati P.-k.s.ning asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi
21-bilet.
1. Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o„ziga xos xususiyati pulning neytralligi prinsipini ko„zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta‟sir ko„rsatmaydi degan prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya‟ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak . Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir. Klassiklar nazariyasi bo„yicha jamg„arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo„jaliklari kamroq iste‟mol qilib, ko„proq jamg„arishga harakat qilishadi. Uy xo„jaliklarida jamg„armalarning ko„payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o„z vaqtida investitsiyaning o„sishini ta‟minlaydi.
2. Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS – LM modeli yordamida bajariladi. IS – LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi.65 Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. “IS – LM modeli (investitsiyalar-jamg‘armalar, likvidlilikni afzal ko‘rish – pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanatim modeli”66. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga olingan edi. Ya’ni tovarlar va xizmatlar baholarining ko‘tarilishi pulga bo‘lgan talabni oshirishi bu esa o‘z navbatida foiz stavkasining ko‘tarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko‘zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon bo‘ladi.
3Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va b. keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va b. xizmatlar harajatlari ham I. tarkibiga kiradi. Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko„ra import tariflari:  mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi;  mamlakatda bandlilik darajasi o„sishini ta‟minlaydi va yalpi talabni rag„batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o„sadi va joriy operatsiyalar bo„yicha to„lov balansi xolati yaxshilanadi;  milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;  davlat budjeti daromadlarini to„ldirish manbai bo„lib xizmat qiladi;  milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko„rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi;  iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg„or siljishlar rag„batlantiriladi va h.k. Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko„pgina davlatlar o„z ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida proteksionizm siyosatini qo„llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tug„diradi.

Download 271.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling