1. Chuqur o‘qitish tushunchasi. Neyron tarmoqlarning nutq signallarini tanib olishga qo’llanilishi


Nutqni tanib olish muammosining murakkabligi


Download 1.31 Mb.
bet3/9
Sana31.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1313072
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maruza 6.Chuqur o’qi NT turli

Nutqni tanib olish muammosining murakkabligi, asosan, uning ko’pgina omillarga ta’sir ko’rsatadigan asosiy parametrlarining o’zgaruvchanligi bilan bog’liq. Avvalo, bu nutq shakllanish jarayonining tasodifiy tarkibiy qismi bo’lib, bitta diktor tomonidan aytilgan bir xil so’zning turli tavsiflariga olib keladi. Sezilarli darajada o’zgaruvchanlik turli diktorlarning nutqni hosil qilishdagi shaxsiy farqlari bilan bog’liq. Shuningdek, diktorning jinsi, yosh farqlari, shevalari va so’zlovchining hissiy va jismoniy holati ta’sirini ham qayd etish lozim. Bundan tashqari, akustik jihat, ya’ni mikrofonning almashtirilishi, uning og’izga nisbatan joylashuvi va xonadagi akustik muhit ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Lug’at hajmining oshishi tanib olish aniqligini sezilarli darajada pasayishiga olib keladi, chunki lug’at tarkibida talaffuzi jihatidan bir-biriga o’xshash so’zlar guruhi paydo bo’ladi. Bu esa akustik noaniqlikga olib keladi va lug’at hajmining o’sishi bilan eksponensial ravishda oshadi. Lug’atdagi tanib olinadigan so’zlar hajmidan kelib chiqgan holda ularning bir nechta sinflari mavjud. Misol uchun [7] ishda kichik lug’at sifatida o’nlab so’zlardan tashkil topgan lug’at keltirilgan. Kichik hajmdagi tanib olish lug’atidan foydalanadigan ko’plab masalalar va ilovalar mavjud: raqamlar ketma-ketligini tanib olish (telefon raqamlari) [2]; harakatdagi texnik obyektlarni (avtomobil, samolyot va boshqalar) nutq buyruqlari orqali obyektlarni boshqarish tizimi [3], robotlarni masofadan boshqarish tizimi [4, 6], tibbiyot qurilmalarni boshqarish tizimlari [6] va boshqalar. O’rtacha hajmdagi tanib olish lug’ati yuzlab so’zlarni o’z ichiga oladi. Bunday lug’atlar ko’pgina dialogli yoki so’rovlarga javob berish tizimlari uchun yetarlidir [7, 8]. Katta hajmdagi lug’atlar minglab so’zlardan boshlanadi, bunday tanib olish tizimlari cheklangan predmet sohasida, misol uchun avtomatlashtirilgan yordam berish tizimlari, call-markazlarida og’zaki so’rovlarni amalga oshirish, axborot tizimlarida qidiruvlarni tashkil etish yoki diktovka tizimlarida foydalanishi mumkin. Yuz mingdan ortiq so’zlardan iborat lug’at juda katta hajmdagi lug’at deb ataladi va bu deyarli amaliy jihatdan har qanday matn uchun (analitik tillar uchun) stenografik tizimlarni amalga oshirish imkonini beradi [9, 11].

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling