1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish


Download 0.9 Mb.
bet35/96
Sana19.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1681630
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96
Bog'liq
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga

VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
1. Quyida keltirilgan misollar orasidan bir atomli to‘yingan spirtlar umumiy formulasini ko‘rsating: 1)CnH2n 2)CnH2n+2 3)CnH2n+1OH 4)CnH2n-2
2.Keltirilgan organik birikmalarning struktur tuzilishini yozing va ular orasidan metanolning gomologini ko‘rsating? 1)CH4; 2)C3H7OH; 3)C2H4(OH)2; 4)C3H5(OH)3
3. Dimetil efir va etanolning struktur tuzilishini yozing, bu moddalarning bir-biriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsating. 1)gomolog 2)polimer 3)struktur izomer 4)sinflararo isomer
IX.Uyga vazifa: Mavzuga doir topshiriqlarga javob toppish.
4. Tarkibi C5H11OH bo‘lgan spirtning barcha izomerlarini daftaringizga
yozing va ularni nomlang.
5.2,3-dimetil butanol-2 ning stuktura formulalarini yozing.
6.3-metil pentanon-1 ning stuktura formulalarini yozing.
7. 21 g propilendan olish mumkin bo‘lgan bir atomli spirtning massasini
hisoblab toping.
8. 70 g etilendan olish mumkin bo‘lgan bir atomli spirtning massasini hisoblab
toping.
9. 35,2 g etilasetat gidrolizidan hosil bo‘lgan etanol massasini toping.
10. 2-brom butanga KOH ning suvli eritmasi ta’siridan hosil bo‘lgan spirt
massasi 44,4 g bo‘lsa, sarflangan 2-brom butan massasini toping.
29-dars 21-§. TO’YINGAN BIR ATOMLI SPIRTLARNING
FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI. ISHLATILISHI
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling