Dars bayoni:
1. Spirtlarning qaynash harorati tegishli uglevodorodning qaynash haroratidan
baland bo‘lishining sababi nimada?
2. 18 g propil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan
qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?
3. 23 g etil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan
qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?
4. 9,6 g metil spirtining yetarli miqdordagi natriy metali bilan ta’sirlashishidan
qancha hajm (l n.sh.) vodorod olish mumkin?
5. Keltirilgan tartibdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan
reaksiyalarni yozing: 6. 92 ml hajmdagi zichligi 0,8 g/ml bo‘lgan etanolni to‘laligicha yoqish
uchun zarur bo‘lgan havoning hajmini (l n.sh) toping. (Havo tarkibida
kislorodning hajmiy ulushi 20%)
7. 36 g propanolni to‘laligicha yoqish uchun zarur bo‘lgan havoning hajmini
(l n.sh.) toping. (Havo tarkibida kislorodning hajmiy ulushi 20%)
8. 30 g propanolni to‘la yonishi natijasida necha gramm suv hosil bo‘ladi.
9. Spirtlarning umumiy yonish formulasidan foydalanib quyidagi reaksiyani
davom ettiring va tenglashtiring. C4H9OH + O2 ......
10. 20 g propanolni to‘la yonishi natijasida necha (l n.sh.) uglerod (IV)
oksid hosil bo‘ladi?
VIII. Mustahkamlash:Mavzuga oid masala va uni yechimi.
IX.Uyga vazifa: savol va topshiriqlarga javob
31-dars 22-§. KO’P ATOMLI SPIRTLAR. OLINISHI VA XOSSALARI. ISHLATILISHI
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |