1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


Download 0.9 Mb.
bet45/96
Sana19.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1681630
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96
Bog'liq
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga

I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.
FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi;
FK3 Organik va umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, organik birikmalarning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, ularni olish va xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini bajara oladi;
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi: a)Darslik b)Tarqatmalar.
V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa
VI. Dars bayoni:
Laboratoriya ishi № 3
1-tajriba. Glitserinni suvda eritish va uning mis (II)-gidroksid bilan
reaksiyasi
1. Probirkaga 1-2 ml glitserin quying va unga yana shuncha suv qo‘shib
chayqating. So‘ng 2-3 barobar ko‘p suv qo‘shing.
2. Probirkaga 2 ml natriy gidroksid eritmasidan quying va unga cho‘kma
hosil bo‘lgunicha ozroq mis (II)-sulfat eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan
cho‘kmaga glitserin solib chayqating.
Mustaqil xulosalar uchun topshiriq .
1. Glitserinning suvda eruvchanligi qanday?
2. Glitserin va boshqa ko‘p atomli spirtlar uchun qanday reaksiya xarakterli?
Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing.

IX.Uyga vazifa: Mustahkamlash


O’TIBDO’:____________________

Mavzu: 24-§. OKSOBIRIKMALAR. ALDEGIDLAR.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling