1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 86. Moliyaviy nazorat funksiyasi
85. Iqtisodiy funksiya davlat tomonidan mamlakat iqtisodiyotini eng maqbul sharoitda rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqilishi va muvofiqlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Bozor iqtisodiyoti muno- sabatlari sharoitida amal qiluvchi huquqiy davlatda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ma'muriy usullar vositasida emas, asosan iqtisodiy uslublarda amalga oshiriladi. Bunday davlat uchun mulkdorning erkinlik va mustaqillik huquqi xos bo‘lib, bu huquqlar ijtimoiy boyliklarni, (moddiy ne’matlarni) yaratuvchilarning ham, ularni iste’mol qiluvchi- larning ham bir xilda tengligi va mustaqilligini ta’minlaydi.
Davlat tomonidan tartibga solishning ikki asosiy iqtisodiy uslubi mavjud: 1) muayyan va birmuncha qattiq soliq siyosati, bunday siyosat davlat- ga o‘z oldida turgan ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish, shu- ningdek jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarini yanada mutanosib rivojlan- tirish maqsadida milliy daromadning muayyan qismini qayta taqsimlash imkonini beradi; 2) iqtisodiyotning butun jamiyat uchun eng ko‘p foyda ko‘riladigan ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish orqali xo‘jalik yuritish uchun eng ma’qul shart-sharoitlarni yaratish. 86. Moliyaviy nazorat funksiyasi ishlab chiqaruvchilarning daromadlari davlat tomonidan aniqlanishi va hisobga olinishida o‘z ifodasini topadi. Qonunga binoan bunday daromadlarning muayyan qismi ijtimoiy va boshqa umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun davlat budjetiga soliqlar tarzida yo‘naltiriladi. Davlat soliqlaming to‘gbri sarf qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Daromadlar va xarajatlar ustidan oliy dara- jadagi moliyaviy nazorat 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi vakolatiga kiradi. Joylarda ushbu vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati organlari bajaradilar. Moliya vazirligi bunday nazoratni amalga oshirishda zarur huquqlarga ega. Moliyaviy nazoratning o‘ziga xos funksiyalari soliq va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu organlar moddiy boyliklarning davlat chegarasidan olib o‘tilishi ustidan nazorat qiladilar hamda bojxona yig‘imlari va bojlarini, shuningdek soliqlar va boshqa umumiy majburiy to‘lovlami undiradilar. Davlat chegarasidan bojxona idoralarining nazo- rati ostida o‘tkaziladigan tovarlar va mol-mulkdan undirilgan pul yig‘imlari davlat daromadiga o‘tkaziladi. Samarali moliyaviy nazorat davlatga muayyan mablag6 to‘plash imkonini beradi. Bunday mablagb tobplashdan ko‘zlangan maqsad ulardan yana jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanishdir. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling