1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
166. Demokratik siyosiy rejim. Demokratiya (yunoncha dem okratia
“demos — xalq, kratos — hokim iyat” — “xalq hokimiyati”) siyosiy rejimi barcha insonlarning tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jam oat tashkilotlariga birlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, davlat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishiga asoslanganligida aks etadi. Demokratik davlat o ‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini rasmiy ravishda konstitutsiya va qonunlarda e’lon qiladi, ayni paytda, ularning iqtisodiy zaminini ta’minlaydi hamda kafolatlaydi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: — fuqarolaming huquq va erkinliklari kafolatlanganligi; — davlat hokimiyatining birdan bir manbayi xalq ekanligi; — vakillik hokimiyat organlarining to ‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi; — siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o‘m atilganligi; — hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o‘rtasida taqsimlanganligi; — davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi; — huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to ‘la asoslanganligi; — jam oat birlashmalari tizimining, fuqarolaming o ‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligi; — siyosiy partiyalarning muxolifotda bo‘lish erkinligi ta ’minlanganligi; — siyosiy plyuralizmning qaror topganligi — turli ijtimoiy guruhlar o ‘z manfaat (fikr) larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi; — fuqarolik jamiyatining shakllanganligi 167. Sistemali-strukturali o'rganish metodi — davlat va huquq nazariyasi, uning predmetini mustaqil ijtimoiy tizim (sistema) tarzida o‘rganish usuli. Bunda davlat va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari tizimida o ‘rganish, ularning tuzilishini (strukturasini), davlat va huquq hodisalarini tashkil etuvchi tarkibiy elementlarini o ‘rganish amalga oshiriladi. Bu metod tadqiq etilayotgan obyekt haqida to ia va atroflicha bilim hosil qilishga yordam beradi. Sistemali-strukturali metod davlat qurilishi va huquq amal qilishini tizimli tahlil etishning metodologik yondashuvlari, usullari va prinsiplarini o‘z ichiga oladi. Davlat va huquqni tizimli tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 1) sistema qismlarning bir butun kompleks o‘zaro aloqadorligi ekanligi; 2) sistemaning tashqi muhit bilan uzviy birligi; 3) tahlil etilayotgan har qanday sistemaga o ‘zidan yuqoriroq va kattaroq boshqa sistemaning tarkibiy elementi deb qaralishi; 4) o‘rganilayotgan sistemaning elementlari, odatda, quyi turuvchi, kichik sistemani hosil qilishi1. Tarkibiy qismlarning (elementlarning) o ‘zaro aloqadorligi va bogliqligi fanimiz predmetini tashkil etuvchi “davlat apparati” , “huquqiy tizim”, “huquq normasi”, “huquqiy munosabatlar” , “huquq buzilishining yuridik tarkibi” kabi voqeliklar (institutlar)ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) misolida namoyon bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, mazkur institutlarni sistemali-strukturali tahlil etish mumkin va lozim. Mazkur metoddan barcha davlat-huquqiy hodisalarni tadqiq etishda foydalanish mumkin. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling