1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
242,
243,Huquqiy ong deganda, kishilarning huquq haqida tushuncha va bilimlarga ega bo‘lishi, shuningdek huquq borasidagi tasavvurlarning inson ongida aks etishi tushuniladi. Huquqiy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Demak, u ongning yagona shakli emas. Hayotning sohalari g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ularning har biri jamiyat ijtimoiy ongida diniy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa aniq shakllarda namoyon bo‘ladi. O‘rganadigan sohasining o‘ziga xosligi, alohidaligidan qat’i nazar, ijtimoiy ongning har bir shakli boshqa shakllar bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Goho, ijtimoiy ongning har xil shakllari o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik holati muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi va ularni ajratish oson bo‘lmaydi. 244, 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O‘zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega.Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri sifatida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida sohasi sifatida maydonga chiqadi. 245,Prezident farmonlarining huquqiy maqomi. O‘zbekiston Prezidenti davlat boshlig‘i sifatida respublika hududida majburiy tarzda amal qiluvchi farmonlar chiqaradi. Prezidentning davlat mexanizmida tutgan qat’iy o‘rni uning farmonlarini normativ-huquqiy hujjatlar tizimida egallaydigan mavqeini, rolini belgilab beradi.Prezident farmonlari huquqiy tizimdagi nufuzli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatdir. An’anaga ko‘ra, farmon yuridik kuchi va ahamiyati jihatidan qonundan keyingi o‘rinda turadi. Biroq, hokimiyatlartaqsimlanishi prinsipi davlat va siyosiy tizimimizga joriy etilgan hozirgi sharoitda farmonni oddiygina «qonunosti akti» deb tushunish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bunday eskicha talqinni tark etish kerak. Farmon Prezidentning Konstitutsiyada belgilangan o‘z vakolatlarini amalga oshirishning huquqiy vositasidir. Shu bois uni «qonunosti akti» emas, balki «konstitutsiyaviy darajadagi huquqiy akt» deb ham atash mumkin. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling