1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari


Download 283.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi283.03 Kb.
#1415845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)

Dunyo aholisining etnik tarkibi. Yer sharida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
rivojlanishning turli bosqichlarida turgan ko‘plab etnoslar tarqalgan. Etnoslar bir 
qator umumiy belgilari (tili va yashaydigan hududining umumiyligi, madaniyati va 
maishiy hayotidagi yaqinliklar, tarixidagi o‘xshashliklar, ba‘zan bitta davlatga 
mansubligi) mavjud bo‘lgan kishilar guruhidan shakllanadi.
Biz quyidagi Evropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya va Okeaniya 
bo’yicha aholining milliy tarkibi haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz. 
Evropa mamlakatlari aholisining milliy tarkibi bo‘yicha 3 guruhga bo‘lamiz:
1. Bir millatli davlatlar.
2. Ko‘p millatli davlatlar.
3. Oraliq davlatlar.
Bir millatli davlatlarga Yevropada 20 dan ortiq davlatlar kiradi (Polsha, 
Shvetsiya, Germaniya, Vengriya, Daniya, Portugaliya va boshqalar). Bu 
davlatlarning har birida o‘z asosiy millati xalqning 90% ini yoki undan ortig‘ini 
tashkil etadi.
Ko‘p millatli davlatlarga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveytsariya, Chexiya, 
Sloveniya, Belgiya va boshqa davlatlar kiradi. Jumladan B. Britaniyaning asosiy 
millati inglizlardan tashqari, shotlandiyaliklar, irlandlar, yahudiylar va boshqa 
mamlakatlardan ko‘chib kelgan ko‘plab muhojirlar yashaydi. Ispaniyaning 
shimoliy-sharqida katalonlar, shimoliy-g‘arbida galisiyaliklar va shimolida basklar 
istiqomat qiladi. Shveytsariyada ham-mamlakatning markazi va sharqida -german-
shveytsarlar, g‘arbida-fransuz-shveytsarlar, janubi-sharqida italyan-shveytsarlar 
yashaydi. Mana shu xalqlarning hammasi yagona shveytsar millatini tashkil etadi.
Osiyo aholisining soni jihatidangina emas ko‘p millatligi bo‘yicha ham 
dunyoning boshqa qismlaridan ajralib turadi. Bu yerda bir millatli davlatlar juda 
kam. Bir millatli davlatlarga asosan Yaponiya, Koreya va ayrim arab davlatlarining 
kiritish mumkin. Arab mamlakatlaridan Iroq, Suriya, Livan va shuningdek 
Turkiyada asosiy millatlardan tashqari ko’plab mayda millatlar (kurdlar, armanlar, 
cherkeslar) yashaydi. Eron–Osiyoda aholisining etnik tarkibi xilma xil bo‘lgan 
mamlakatlardan biridir. Eronda asosiy millat eronlardan tashqari ko‘plab mayda 
millat va elatlar (20 dan ortiq xalqlar) yashaydi. Afg‘oniston, Pokiston, Myanma, 
Xitoy va Filippin ham ko‘p millatli davlatlardir.
Osiyoning ko‘pchilik mamlakatlarida milliy masala hal qilingan emas. 
Ayrim xalqlar bir necha davlatlarga bo‘linib ketgan, masalan kurdlarning etnik 
hududi Turkiya, Eron, Iroq, Suriya o‘rtasida bo‘lib olingan, balujlar etnik hududi 
Eron, Afg‘oniston, Pokiston o‘rtasida, afg‘onlar (pushtular) Afg‘oniston bilan 


13 
Pokiston, panjoblar Pokiston bilan Hindiston o‘rtasida bo‘lingan. Bunday misollarni 
bir nechtasini keltirish mumkin. Bunday hollar esa milliy o‘zaro hamkorlikni 
qiyinlashtiradi va davlatlar o‘rtasida munosabatlarda ayrim nizolarni keltirib 
chiqaradi. Kurd va pushtu muammolari milliy masala negizida kelib chiqgan va 
murakkab, keskin siyosiy muammoga aylangan. 
Afrika aholisining milliy tarkibi o‘ziga xos, uzoq davom etgan 
mustamlakachilik afrikaliklarning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy rivojlanishini ancha 
orqada qoldirdi. Ularning yirik millatlar va elatlarga birlashuviga xalaqit berdi.

Download 283.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling