1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari


Mutaxassislar Afrikani aholisini milliy tarkibiga qarab 3 ta etnik oblastga


Download 283.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana30.04.2023
Hajmi283.03 Kb.
#1415845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)

Mutaxassislar Afrikani aholisini milliy tarkibiga qarab 3 ta etnik oblastga 
(viloyatga) boladi:
1. Shimoliy Afrika va qisman shimoliy-sharqiy Afrika. Bu rayonlarda bir 
biriga yaqin bo‘lgan xalqlar – arablar va barbarlar yashaydi. Shimoliy Afrikada arab 
tilida gaplashuvchi bir necha millatlar tarkib topgan (marokashliklar, tunisliklar, 
Liviyaliklar, misrliklar). 
2. Sharqiy va G‘arbiy Sudan (hududiy jihatdan Sudan tabiiy geografik 
hududiga to‘g‘ri keladi). Bu oblastning g‘arbida – atlantika sohilida fulbe, volof, 
ser’erlar, Gvineya qo‘ltigi sohilida–gvineyaliklar, gurlar, Nigeriya va Kamerun 
davlatlarida – xausa, yoruba, ibo, edo kabi xalqlar. Sudan davlati hududida asosan 
arablar va nilotlar yashaydilar. 
3.Tropik va Janubiy Afrikada bir-biriga yaqin tilda gaplashuvchi va 
madaniyatida ham ko‘pincha umumiylikka ega bo‘lgan bantu xalqlari yashaydi. 
Afrikada ham ayrim bir butun xalqlar turli mamlakatlar o‘rtasida bir-biridan 
siyosiy chegaralar orqali ajratib qo’yilgan. Masalan, fulbe xalqi Nigeriya, Senegal, 
Gvineya, Mali, Kamerun, Burkina-Faso, Benin Mavritaniya, Gambiya 
mamlakatlarida bo‘linib yashaydi. Mandinto xalqi Senegal, Mali, Kot-di-vuar, 
Gambiya, Serra-Leone, Gvineya, Gvineya-Bisau mamlakatlari o‘rtasida yashaydi. 
Bundan ahvol Afrikada turli elatlar va etnik guruhlarning jipslashishi, millatlar 
tashkil topishini qiyinlashtiradi.
Afrika aholisining milliy tarkibi haqida gapirganda, bu erda yashovchi 
kelgindi (asosan Evropadan) xalqlarni ham e’tiborga olish zarur. Asosan inglizlar, 
afrikanerlar (burlar), fransuzlar, portugallar Afrika aholisining 5% ni tashkil qiladi. 
Ular qit’aning janubida va Zimbabveda (Rodeziyada) yashaydilar va oqlar 
hukmronligiga asoslangan irqchilik davlatlarini barpo qilganlar. Hozirda ular 
mustaqil Afrika davlatlariga aylanganlar.
Amerika aholisining milliy tarkibida ko‘pchilikni (95%) Yevropadan 
kelganlarning avlodlari va ularning boshqa xalqlar bilan aralashuvidan vujudga 
kelgan xalqlar qamrab olgan. Amerika aholisini ko‘pchilik qismi ingliz va ispan 
tilida, ozroq qismi portugal va boshqa tillarda so‘zlashadi. Bu erda millatlar, 
davlatlar chegaralariga qarab, qaysi mamlakatning fuqarosi ekanligiga qarab ataladi. 


14 
Masalan, AQSh millati-Amerikaliklar, Kanada millati – kanadaliklar deyiladi. 
Amerika mamlakatlari aholisi o‘z millatlarini davlatlarining nomi bilan masalan, 
braziliyaliklar, kubaliklar, peruliklar va boshqalar deb atashadi. Biroq turli 
xalqlarning aralashishi bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan paragvayliklar, 
peruliklar, 
boliviyaliklar, 
ekvadorliklar, 
gondurasliklar, 
salvadorliklar, 
nikaragualiklar va panamaliklar asosan metislardan iborat. Dominikaliklarning 
ko‘pchiligi esa mulatlardir. Amerikada, shuningdek asosan negrlardan iborat 
bo‘lgan millatlar ham bor (gaitiliklar, yamaykaliklar va boshqalar). Peru, Boliviya, 
Ekvador, Meksika aholisining anchagina qismini indeyslar tashkil qiladi.
Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibiga ko‘ra, mutaxassislar ikkita 
oblastga bo‘lishadi: 
1) Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlari. Bu mamlakatlar aholisining 
milliy tarkibi bir xil bo‘lib, avstraliyalik – inglizlardan va zelandiyalik- inglizlardan 
iborat. Avstraliya va Yangi Zelandiyaning tub xalqlari juda kam qolgan.
2) Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya orollari. Bu orallardagi aholi 
etnik qabila-qabila bo‘lib yashaydi. 
3. Dunyo aholisi takror barpo bo‘lishining geografik xususiyatlari
Aholining takror barpo bo‘lishi, jamiyat davomiyligini ta‘minlovchi asosiy 
jarayon bo‘lib, tug‘ilish va o‘lim jarayonlari natijasida, inson avlodining muntazam 
yangilanib turishidir yoki bir avlod vakillarining o‘rniga ikkinchi bir avlod 
vakillarining kelishi, avlod almashinishidir. Avlodlar almashinishi davomida 
(aholining takror barpo bo‘lishi) uning soni, yosh va jinsiy tarkibi o‘zgaradi. 
Avlodlar almashinuvi, aholi tabiiy o‘sishi hajmini aniqlash, har bir avlod o‘rtacha 
umr ko‘rishi, tug‘ilish va o‘lim jarayonlari yig‘indisi aholining tabiiy harakati yoki 
takror barpo bo‘lishi deyiladi. Aholining takror barpo etilishi bevosita va bilvosita 
aholining tug‘ilishiga, o‘limiga va tabiiy o‘sishiga bog‘liq. Jamiyatda avlodlar 
almashinadi, aholi takror barpo bo‘ladi, natijada, aholi soni o‘sadi.
Tabiiy-biologik omil aholi takror barpo bo‘lishida muhim omillardan biri. 
Yer yuzi aholisi turli tabiiy sharoitda yashaydi, tug‘iladi va o‘ladi. Insonning 
tug‘ilishi va o‘lishi kabi bilogik hodisa ekan, u, tabiiy sharoit bilan uzviy 
bog‘liqlikdadir. 
 


15 
Aholining takror barpo bo‘lishi jamiyat davomiyligini ta‘minlovchi asosiy 
jarayon bo‘lib, inson avlodining muntazam yangilanib turishidir. Inson dunyoga 
kelib yashaydi, balog‘at yoshiga etib, farzand ko‘radi, nasl qoldiradi. Bu uzviy 
jarayon tufayli, jamiyatda avlodlar almashadi, aholi takror va takror barpo 
bo‘laveradi. 
Aholining takror barpo bo‘lishi jamiyatning mavjudligini, aholi sonini o‘sib 
borishini ta‘minlovchi jarayondir, lekin, u bevosita ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan 
bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Insonlar o‘z hayotlari davomida boshqa insonlarni 
dunyoga kelishiga omil bo‘ladi.
Aholining takror barpo bo‘lish jarayoni ijtimoiy muhit uchun ham muhim 
omil sanaladi. Ayni vaqtda, insonlar o‘z hayotlari uchun zarur narsalarni (oziq-
ovqat, turar-joy va kiyim-kechak va h.k.) yaratib, ishlab chiqarishni rivojlantiradilar. 
Bu jarayonda insonning bilim, ilm darajasi, malakasi, hayotga, uzoq umr ko‘rishga 
bo‘lgan intilishi, harakati kuchayib boradi. Demak, dunyoga kelgan inson jamiyatda 
yashashi bilan uning sifatiy xususiyatlari ham rivojlanadi. 

Download 283.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling