1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari
Shved demograf olimi G.Sundbyerg aholining yosh tarkibiga qarab uch
Download 283.03 Kb. Pdf ko'rish
|
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo aholisi irqiy tarkibining turlari va xususiyatlari.
Shved demograf olimi G.Sundbyerg aholining yosh tarkibiga qarab uch
turga bo‘ldi: 1. Progressiv. 2. Statsionar. 3. Regressiv. Progressiv - yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida bolalar (0-14 yoshdagi) salmog‘i qariyalarga (65 yosh va undan yuqori) qaraganda yuqori bo‘lgan hududlarda kuzatilib ularning aholisi muntazam ko‘payib boradi. Bu yosh tarkibiga Afrika va Osiyo davlatlarini kiritsa bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha 15 yoshdan kichiklar jami aholining 26 foizini tashkil qilsa, Afrikada 41 foizni, Osiyoda 25 foiz, 136 Yevropada 16 foizga teng (2017 y.). Bizning respublikamiz aholisi yosh tarkibida aynan shu yoshdagilar dunyo ko‘rsatkichidan baland 29 foiz. Statsionar - yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida qariyalar salmog‘i yoshlar bilan tengdir. Statsionar yosh tarkibida aholi soni bir xil miqdorda turadi. Aholining tez kamayishi yoki tez ko‘payishi kuzatilmaydi. Regressiv - yosh tarkibida aholi umumiy sonida qariyalar salmog‘i bolalarga qaraganda yuqori bo‘ladi. Bunday holda aholi soni asta-sekin kamayib boradi va depopulyasiya‖ holati yuz beradi. Aholi - qarib borishi kuzatiladi. Dunyo aholisining atigi 7 foizi (2018-yil) 64 yoshdan kattalarga to‘g‘ri keladi. AQSH, Kanada, Yevropa, Okeaniya davlatlarining aksariyatida 64 yoshdan katta yoshdagilar salmog‘i dunyo aholisining aynan shu yosh tarkibi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichidan ustunligi kuzatiladi Dunyo aholisi irqiy tarkibining turlari va xususiyatlari. Irq-bu kishilarning tarixiy tarkib topgan yirik hududiy guruhlaridir. Irqlar kelib chiqishiga ko‘ra bir bo‘lib, faqat ba‘zi bir tashqi fiziologik belgilariga sochining shakli va rangi, tanasining rangi, ko‘zlarining shakli, yuz suyaklarining o‘lchamlari va ayrim xususiyatlari, burun, lab tuzilishiga ko‘ra farq qiladi. Bu irqlar nasldan-naslga o‘tadi. Irqiy belgilar odam zoti paydo bo‘lganidan keyin yashash sharoitidagi tafovutlar ta‘sirida vujudga kelgan. Odamlarning anatomik va fiziologik hamda ruhiy xususiyatlarida irqiy farqlar yo‘q. Irqiy tafovutlar jamiyat taraqqiyotiga ta‘sir etmaydi. Yer shari aholisi uchta asosiy irqqa bo‘linadi. Bular yevropeid, mongoloid va negr-avstraloid yoki ekvatorial irqlari. Yirik irqlar, o‘z navbatida, mayda irqlarga ham ajraladi. So‘nggi yillarda mutaxassislar ekvatorial irqni ikki mustaqil – negroid va avstraloid irqlarga bo‘lishni taklif etmoqdalar. Irqlar – umumiy irsiy morfologik va fiziologik belgilarga ega bo‘lgan, tarixiy shakllangan kishilar guruhidir. Ko‘pchilik olimlar irqlarning kelib chiqishida hozirgi ko‘rinishdagi inson bitta markazda, ya‘ni, taxminan O‘rta yer dengizining sharqi, unga qo‘shni hududlar – Janubiy Yevropa, Shimoliy va Sharqiy Afrika va G‘arbiy Osiyoda paydo bo‘lgan, 10 degan g‘oyani ilgari suruvchi monotsentristik ta‘limotni yoqlaydilar. Paleolit oxirida irqlar ikkita hudud - g‘arb (shimoli-sharqiy Afrika va janubi-g‘arbiy Osiyo) va sharqda (janubi-sharqiy va sharqiy osiyo) yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Keyinroq, insoniyat yer shari bo‘ylab tarqalib va o‘zaro qorishib, hozirgi qiyofadagi irqlar shakllangan. Katta irqlar to‘qnashgan hududlarda oraliq va aralash irqiy tiplar vujudga kelgan. Oraliq irqlar shu darajada uzoq o‘tmishda shakllanganki, endilikda, ular ikki irqning aralashishi natijasimi, yoki katta irqlarning ular bo‘lingungacha bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida saqlab qolganini aniqlash qiyin. Aralash irqiy tiplar esa, nafaqat, qadimda, shu bilan birga, o‘rta asrlarda hamda yangi va eng yangi tarixda yuzaga kelgan. Oraliq irqlarning tipik vakillari – janubiy Hindistonning dravid tipi hamda sharqiy Afrikadagi efiopiya tipi hisoblanadi; aralash tiplarga Amerika metislari va mulatlarini kiritish mumkin. Negroid irqi-Afrikada joylashgan. Negroidlar uchun qora, jingalak sochlar, qo‘y ko‘z, tez-tez pigmentlashib turadigan teri, zaif yoki o‘rtacha rivojlangan uchlamchi jun qoplami, o‘rtacha chiqib turgan yonoq suyagi, oldinga kuchli chiqqan jag‘, zaif chiqib turgan keng burun, qalin lablar xarakterlidir. Negroid belgilar ko‘proq Sahroi Kabir janubida yashaydigan xalqlar uchun xosdir. Shu bilan birga, negroidlarga past bo‘yli Markaziy Afrika pigmeylari, bo‘yi nihoyatda past bo‘lgan negrillilar hamda negroid (sochi nihoyatda jingalak) hamda mongoloid xususiyatlar (qurigan barg rangidagi sarg‘aygan teri, keng yuz) qorishib ketgan janubiy Afrika bushmenlari va gottentotlari tegishlidir. Yevropeoid irqi-Yevropa, Shimoliy Amerika, Old Osiyo, Shimoliy Amerika va Kanada, Avstraliyaning bir qismi, Yangi Zelandiyada keng tarqalgan. Yevropeoidlar turlicha tusdagi jingalak yoki to‘g‘ri yumshoq sochi, sariq yoki bug‘doyrang terisi, kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami, zaifroq chiqib turgan yonog‘i va jag‘i, kambar burni, ingichka yoki o‘rtacha qalinlikdagi lablari bilan ajralib turadi. Yevropeoidlar asosan sochi va ko‘zining rangi bo‘yicha ikkita yirik – shimoliy va janubiy guruhlarga bo‘linadi. Shimoliy tarmog‘i shimoliy Yevropani egallaydi. Janubiy tarmog‘i Yevropaning janubi, shimoliy Afrika, Old Osiyo va Shimoliy Hindistondir. Bular o‘rtasidagi farq odamlarning bo‘yi, ko‘zi, sochi va terisining rangida. Shimoliy tarmog‘idagilarning bo‘yi baland, rangi tiniq, qirra burun bo‘lsa, janubidagilar o‘rta bo‘y, to‘q rang va to‘g‘ri sochi, qoracha ya‘ni, bug‘doy mag‘iz terisi bilan ajraladi. Shimoliy guruhga terisi kam pigmentlashadigan Skandinaviya va unga qo‘shni hududlardagi xalqlar, bug‘doyrang teri, qorasoch, qo‘y ko‘z xarakterli bo‘lgan janubiy guruhga – Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Old, Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari kiradi. Yevropaning katta qismi oraliq mintaqada bo‘lib, 11 undagi xalqlar Yevropeoid irqining na shimoliy, na janubiy guruhiga mansub emas. Shimoliy va janubiy yevropeoidlar hamda oraliq guruhlar kishilarning bo‘yi, sochi va ko‘zining rangi, bosh shakli bo‘yicha ko‘plab kichik irqlarga ajratiladi. Shimoliy guruh tarkibida – atlantika-boltiq va belomor-boltiq irqlari, oraliq formalar tarkibida – alp, o‘rta Yevropa, Sharqiy Yevropa irqlari, janubiy guruh tarkibida – o‘rtayer dengizi, hind-afg‘on, adriatika (dinar), old osiyo (armenoid), pomir-farg‘ona irqlarini kiritish mumkin. Mongoloid irqi ham yevropeoid irqi singari ikki tarmoqqa bo‘linadi: Shimoliy va Sharqiy. Shimoliy mongoloidlarga mo‘g‘illar, tungus-manchjur xalqlari kirsa, Sharqiy mongoloidga koreyslar, Shimoliy xitoylar kiradi. Negroid irqi asosan Afrikada keng tarqalganligi ayon, biroq ma‘lum bir jihatdan ular AQSH va Karib havzasida ham uchraydi. Bu irqlar o‘rtasidagi farq unchalik katta emas. Janubi-Sharqiy Osiy, Avstraliya va Okeaniyada negroid irqiga o‘xshash odamlar yashaydi. Ammo ular ba‘zi belgilariga ko‘ra negroidlardan keskin farq qiladi. Shu boisdan, olimlar bularni to‘rtinchi - avstraloid irqi, deb atashmoqda. Dunyo aholisining 70 foizini asosan uch irq vakillari tashkil qiladi (yevropyeoidlar- 43,6, mongoloidlar-19,1, negroidlar 6,6 foiz) qolgan 30 foizi aralash va boshqa oraliq irqlarga to‘g‘ri keladi 1 . Avstraloidlar terisining to‘q rangi, keng burni, ularni negroidlar bilan yaqinlashtiruvchi qalin lablari, biroq ulardan farqlantiruvchi to‘lqinsimon sochlari (avstraliyaliklar, veddoidlar), kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami (avstraliyaliklar), ba‘zan biroz zaiflashadigan pigmentasiya bilan ajralib turadi. Boshqa barcha yirik irqlardan farqli o‘laroq, avstraloidlarning alohida guruhlari (Avstraliya aborigenlari, papuaslar va melaneziyaliklar, veddoidlar hamda negritoslar va aynlar) o‘z irqiy belgilari bilan ajralib turadi. Avstraliya aborigenlari pigmentasiya bo‘yicha negroidlarga, sochining shakli va uchlamchi jun qoplami rivojlanishi bo‘yicha – yevropeoidlarga yaqin. Avstraloid irqiga mansub belgilar yaqqol namoyon bo‘lgan papuaslar va melaneziyaliklarning sochlari negroidlarga o‘xshash jingalak. Avstraloidlarga o‘xshash umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan veddoidlar o‘zlarining past bo‘yi, yuz terisining jun bilan kam qoplanganligi, qosh ustidagi suyaklari va keng burni bilan ajralib turadi. Nihoyatda past bo‘yli va jingalak sochli negritoslar va aynlar genetik jihatdan boshqa avstraloidlarga bog‘liq bo‘lsalarda, o‘zlarining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ulardan keskin farqlanadi. Ularda deyarli barcha katta irqlarning ma‘lum xususiyatlari o‘z aksini topgan (yevropeoidlardan – yorqin rangli teri va juda kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami, avstraloidlardan – keng burun va nishab peshona hamda mongoloidlardan - epikantusning 1 Брук С.И. Население мира: Этнодемографический спровочник.- М., 1981., с.113 12 mavjudligi). Odatda mongoloid, avstraloid va yevropeoid irqlariga mansub belgilari bo‘lgan Madagaskar, Gavayi, Polinyeziya va Mikronyeziya aholisining aralash irqiy tiplari (Madagaskar aholisi uchun – negroid ham) alohida ajratiladi. Download 283.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling