1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari
AHOLI TABIIY HARAKATI VA UNING DUNYO MIQYOSIDA
Download 283.03 Kb. Pdf ko'rish
|
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)
AHOLI TABIIY HARAKATI VA UNING DUNYO MIQYOSIDA GEOGRAFIK TAFOVUTLARI Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari. Demografik vaziyat ma‘lum davrdagi ma‘lum hududning demografik holati bo‘lib, u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari asosida yuzaga keladi. Aholi geografiyasi va demografik tadqiqotlarda aholi soni eng asosiy ko‘rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni tahlil etganda uning mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Aholi sonining juda yuqori sur‘at bilan ko‘payib, yoki kamayib ketishi demografik vaziyatni keskin 7 o‘zgarishiga olib keladi. Demografik vaziyatning shakllanishida aholining sotsial, yosh, jinsiy va oilaviy tarkibi, muhim omil hisoblanadi. Jinsiy mutanosiblik, aholi tarkibida reproduktiv yoshdagi aholi, yoshlar salmog‘ining yuqoriligi nikoh va tug‘ilish jarayonlariga ijobiy ta‘sir etib, aholi sonining muntazam ko‘payib borishini ta‘minlaydi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining yuqoriligi demografik vaziyatga o‘ziga hos ta‘sir etadi. Bunday vaziyatda aholi tabiiy o‘sishi kamayib, mehnat resurslari shakllanishi sustlashadi va h.k. Demografik vaziyatni yuzaga kelishida demografik jarayonlar alohida ahamiyatga egadir. Demografik jarayonlar- insonlarning hayotida ularning avlodlarini almashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarning kechishidir. Asosiy – demografik jarayonlarga tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish (nikohning bekor etilishi yoki tugatilishi) kiradi. Demografik jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil xususiyatga egadirlar. Birinchisi, tug‘ilish va nikoh bo‘lib, bu jarayonlar avlodlar almashinuvida, inson naslini davom yetishida, aholi sonining ko‘payib borishini ta‘minlovchi-ijobiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘ldiruvchi omillardir. O‘lim va ajralish esa aksincha, aholi sonini qisqarishiga olib keluvchi, avlodlar almashinuviga salbiy ta‘sir etuvchi- kamaytiruvchi omillar hisoblanadi. Demografik jarayonlar ta‘sirida aholida har kuni, har soatda turli demografik hodisalar sodir bo‘ladi: ko‘plab chaqaloqlar tug‘iladi, aholining ma‘lum qismi hayotdan ko‘z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, ba‘zi nikohlar esa buziladi, ajralishlar, aholini bir qismi ko‘chib ketsa, yana bir qismi esa ko‘chib keladi. Shunday qilib, demografik tarkib yildan-yilga o‘zgarib turadi. Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy bo‘lishi muqarrar jarayonlardek ko‘rinadi, lekin mazkur jarayonlarning sodir bo‘lishi juda ko‘p sotsial-iqtisodiy omillar bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni demografik mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo‘lib, ular - demografik inqiroz‖ holatidadurlar. Yevropa bo‘yicha 2017-yilda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti (1000 aholiga nisbatan tug‘ilganlar soni) ham 11 promilleni, o‘limning umumiy koeffitsienti (1000 aholigi nisbatan o‘lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib, aholining tabiiy o‘sishi 0,0 ga teng bo‘lgan. Qator davlatlarda esa o‘lganlar soni tug‘ilganlardan yuqori bo‘lib, aholi sonini kamayishi, ya‘ni aholining qisqargan takror barpo bo‘lishi kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi Latviya, Litva, G‘arbiy Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi Belarussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda demografik inqirozning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. Download 283.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling