1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari
Download 283.03 Kb. Pdf ko'rish
|
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Jahon davlatlaridagi shakllangan demografik vaziyatning geografik tahlili” mavzusidan ma’ruza matni
- Мavzu: Jahon davlatlaridagi shakllangan demografik vaziyatning geografik tahlili Reja
- 3. Dunyo aholisi takror barpo bo‘lishining geografik xususiyatlari . Aholi soni dinamikasining ijtimoiy - geografik xususiyatlari
1 A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi “FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI” MODULI BO‘YICHA “GEOGRAFIYA FANINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI” o‘quv kursining “Jahon davlatlaridagi shakllangan demografik vaziyatning geografik tahlili” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzachi: Abdullayeva Dilnoza Narzullayevna Toshkent 2022 2 Мavzu: Jahon davlatlaridagi shakllangan demografik vaziyatning geografik tahlili Reja: 1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari. 2. Dunyo aholisining yosh, irqiy ва etnik tarkibi. 3. Dunyo aholisi takror barpo bo‘lishining geografik xususiyatlari. Aholi soni dinamikasining ijtimoiy - geografik xususiyatlari. Aholi deganda–ma‘lum hududda yashaydigan kishilar guruhi tushuniladi. Aholining mutloq soni–biron-bir hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning ma‘lum vaqtdagi miqdoriy ifodasidir. Aholi soni va tarkibida sodir bo‘lgan barcha o‘zgarishlar iqtisodiyotning rivojlanishiga, umuman jamiyatning rivojlanishiga bevosita ta‘sir etadi. Har bir hududning, davlatning ijimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholi sonining ortib yoki kamayib borishi, aholining umumiy tarkibida mehnat yoshidagi aholi guruhining salmog‘i, ularning demografik va sifatiy shakllanib borishi, shuningdek, bolalar va mehnat yoshidan yuqori bo‘lgan qariyalar salmog‘i ham juda muhimdir. Har bir davlat aholisining soni va yosh-jinsiy tarkibidagi mutanosiblik, uning rivojlanish istiqboli dasturlarini ishlab chiqishda asosiy omil, zamin hisoblanadi. Ana shu nuqtai - nazardan dunyo va uning alohida hududlari, davlatlari, xalqlari bo‘yicha aholi soni va tarkibini yuqorida qayd etilganidek juda qadimdan boshlab hisobga olib kelinadi. Aholi soni va tarkibini hisobga olish uslublari, dasturlari, texnikalari jamiyat rivojlanishiga monand doimo rivojlanib, takomillashib keldi. Aholini hisobga olishda, uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi bilan bir qatorda oilaviy tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi migratsiyasi haqida ham ma‘lumotlar to‘planib boriladi. Hozirgi dunyoda insonlarning kelib chiqishi to‘g‘risida turli qarashlar, fikrlar bo‘lsada, ammo yer shari kartasida insonning paydo bo‘lishi vaqti va bu qayerda ro‘y berganligi to‘g‘risida yagona fikr mavjud emas. Aholi sonining past sur’atda o‘sishiga sabab odamlar o‘rtasida o‘limning ko‘pligi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi darajasining sustligi, insonlarning tabiiy muhitga bog‘liqligi bo‘lgan. O‘sha davrlarda o‘limning yuqoriligi va umr ko‘rish davrining qisqaligi yer shari aholisi soni ko‘payishini ta‘minlamadi. Dastlabki inson ajdodlarining paydo bo‘lishi haqida turlicha nazariyalar yaratilgan. Ongli insonning paydo bo‘lishi mezolit davriga to‘g‘ri keladi. Eramizning boshlarida yer shari aholisining soni 200-250 mln kishi atrofida edi. Aholining asosiy qismi Rim impyeriyasi, Xitoy va Hindistonda joylashgan. Aholi soni haqidagi ma‘lumotlarga ko‘ra, eramizdan oldingi davrda yer sharida bor yo‘g‘i bir necha yuz 3 ming kishi, bir muncha aniqroq ma’lumotlar bo‘yicha esa, eramizdan 7 ming yil oldin yer sharida 10 millionga yaqin aholi yashagan ekan va ular har 1000 yilda taxminan 10-20 % dan ko‘payib borgan xolos. Aholini bunday sekin ko‘payishi aholi o‘rtasida o‘lim hollarining yuqoriligi bilan izohlanadi. Ushbu davrda aholi o‘rtasida o‘limning umumiy koeffitsienti 50 ‰ va undan yuqori bo‘lgan, boshqacha qilib aytganda, har 1000 aholidan 50 tasi hayotdan ko‘z yumgan. Ayniqsa, bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan aholi ochlikdan, kasalliklardan va qabilalararo bo‘lib turgan to‘qnashuvlardan ko‘proq halok bo‘lgan. Aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 20 yildan oshmagan. Aholi sonining ko‘payib borishida jamiyatda ishlab chiqarishning mukammalashib borishi, sodir bo‘lgan mehnat taqsimotlari, ya‘ni chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi alohida omil hisoblanadi. Eramizdan 7-8 ming yil oldin Yaqin Sharq hududlarida juda ko‘p qabilalar ovchilikdan, chorvachilikka, dehqonchilik qilishga o‘ta boshladilar. Xo‘jalik yuritishdagi yangi sharoit qabilalardagi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashni yaxshiladi, oziqovqat zahiralari yaratildi. Natijada, aholining o‘lim hollari nisbatan kamaydi, lekin turli epidemiyalar, xo‘jaliklar orasida mavjud urushlar tufayli o‘lim hamon yuqori edi. Xo‘jalik yuritishning yangi formasi sababli, qabilalarning bir joydan ikkinchi joyga muntazam ko‘chib yurishi bir muncha barham topdi. Qabilalar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishi natijasida o‘troq hayotga o‘ta boshladilar. Bu hol esa ayollar ahvolining bir oz yaxshilanib, tug‘ilishning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Tug‘ilishning ko‘tarilishi esa dunyo aholisi sonining ko‘payib borishiga olib keldi. Ushbu davrda erta nikohlar va ko‘pbolalilik deyarli barcha aholiga xos bo‘lgan. Lekin sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi bilan tug‘ilishga salbiy ta‘sir etuvchi ba‘zi omillar ham shakllana boshladi. Masalan, quldorlik davrida qullar, askarlar aholining takror barpo bo‘lishi jarayonida ishtirok etmasdilar. Shuningdek, ba‘zi diniy qarashlar, masalan, buddizm, inson ruhini gunohlardan qutqarish maqsadida, nikohsizlik va farzandsizlik holatlarini qo‘llab quvvatlardi. Ishlab chiqarish kuchlarining yanada takomillashuvi aholi o‘rtasida sinflar va davlatlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Jamiyat asta-sekin ibtidoiy tuzumdan quldorlik davriga (sinfiy jamiyatga) o‘tdi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti rivojlana boshladi. Jamiyat taraqqiyotidagi bu o‘zgarishlar aholining ibtidoiy tuzum davriga nisbatan ancha tez edi. Buning asosiy sababi – tug‘ilishning yuqoriligidir. Tug‘ilishning yuqoriligi esa, o‘z navbatida, ayollarning erta nikohga kirishi, tug‘ilishning cheklanmaganligi hamda ko‘pbolalikni xalq, davlat va din tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq edi. Ammo shunga qaramasdan, quldorlik tuzumi davrida aholi o‘rtasida o‘lim hollari ancha yuqori bo‘lgan. Sababi, ko‘pgina 4 qishloq va shaharlarda aholining juda zich joylashuvi va gigiena-sanitariya sharoitlarning yo‘qligi tufayli, yuqumli kasalliklarning keng tarqalganligidir. Aholi o‘rtasida madaniyatning rivojlanishi, qadimiy sivilizatsiya markazlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu madaniyat markazlari yer kurrasining sug‘oriladigan hududlarida (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va boshqa hududlar) shakllandilar. Qadimgi Misrda firavnlar davrida 7 million aholi yashagan, deb taxmin etiladi. Dunyo hududlarida umumiy aholi soni eramizdan avvalgi 5 ming yillikda 30 million atrofida bo‘lgan. Ana shu davrda yer yuzida aholi joylashuvining hozirgi areallari paydo bo‘lgan. Insonlarning yashash uchun kurashi borib-borib, jamiyat taraqqiyotida ijobiy (progressiv) o‘zgarishlarga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlana borib, kishilar dastlab chorvachilik, keyinroq esa dehqonchilik bilan shug‘ullanishga o‘tdilar, ochlikka, kasalliklarga qarshi kurash boshladilar. Endi ular mehnat qilib, moddiy mahsulotlar yaratadilar. Hunarmandchilik, savdo rivojlandi va shaharlar paydo bo‘la boshladi. Inson hayotidagi bu ijobiy o‘zgarishlar ularning hayot sharoitini yaxshiladi. Sinfiy jamiyatning shakllanishi, dunyo hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishidagi farqlar, aholi takror barpo bo‘lish jarayoniga bevosita ta‘sir ko‘rsatdi. Ba’zi hududlarda yoppasiga tarqalgan epidemiyalar va urushlar oqibatida, aholi o‘rtasida o‘lim nihoyatda yuqori bo‘lgan, qishloqlar aholisiz qolgan. Ushbu davr uchun aholi takror barpo bo‘lishida ibtidoiy jamiyatdagidek, umumiy bir xususiyat - tug‘ilishning yuqoriligi saqlanib qolgan edi. Quldorlik tuzumidagidek, ko‘pbolalilik nafaqat, urf-odatlar, balki davlat siyosati, din, ayniqsa, islom va induizm tomonidan ham qo‘llab quvvatlanar edi. Insoniyat taraqqiyoti tarixidagi dastlabki -Madaniy-texnik revolyusiya‖ ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlandi. Bu hol esa o‘z navbatida, dunyo aholisi sonining ko‘payishiga olib keldi. Download 283.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling