1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari


Download 283.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana30.04.2023
Hajmi283.03 Kb.
#1415845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)

 
 



2. Dunyo aholisining yosh – jinsiy, irqiy ва etnik tarkibi. 
Aholining yosh tarkibi va yosh kontingentlari. Aholi tarkibi deganda 
aholining ma‘lum ijtimoiy – iqtisodiy va demografik belgilari asosida taqsimlanishi 
tushuniladi.
Aholi tarkibi asosan quyidagi belgilar asosida taqsimlanadi: 
1. Biologik xususiyatga ega bo‘lgan belgilar: (askriptiv) jinsi, yoshi, irqi, 
etnik guruhi; 
2. Sosial xususiyatga ega bo‘lgan belgilar: nikoh statusi (nikohda turishi) 
savodliligi va ma‘lumotlilik darajasi), kelib chiqishi, tili, fuqaroligi, professional 
tayyorgarligi;
3. Iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lgan belgilar: kasbi, bandligi, bandlik sohasi, 
daromad manbai;
4. Migratsion xususiyatga ega bo‘lgan belgilar: tug‘ilgan joyi, mazkur aholi 
maskanida necha yildan beri yashab kelishi va h.k;
5. Demografik (vitalniy) belgilar: tug‘ilish va o‘lim, nikoh va ajralish, 
nikohga kirish yoshi, homiladorliklar soni, farzandlar soni, o‘lim soni va h.k; 
6. Oilaviy tarkibi bo‘yicha belgilar: oila yoki uy xo‘jaligi, oila turlari va h.k; 
Aholining yosh va jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlar (demografik tarkibi) 
birinchi navbatda, jamiyatning demografik holati bilan chambarchas bog‘liq. 
Demografik holat esa aholining yoshi va jinsiy tarkibi, nikohga kirishi va nikohning 
bekor etilishi (ajralish), tug‘ilish, o‘lim va migratsiya kabi jarayonlarda ifodalanadi. 
Aholining yosh tarkibi juda qadimdan shakllanib kelgan demografik 
holatning natijasi bo‘lib, u ayni paytda demografik istiqbolning zamini hamdir. 
Aholining yosh tarkibi esa, asosan, uning tabiiy ko‘payishiga bog‘liq. Tug‘ilish 
yuqori bo‘lgan holtlarda aholi tarkibida bolalar salmog‘i yuqori bo‘ladi yoki, 
aksincha, tug‘ilish past, aholining o‘rtacha umr ko‘rish muddati nisbatan uzoq 
bo‘lgan hollarda aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining yuqori bo‘lishi kuzatiladi. 
Yosh – inson tug‘ilganidan hayotining ma‘lum nuqtasigacha bo‘lgan davr. Biologik 
va kalendar yoshlar mavjud. Hozirgi davrda aholining yosh strukturasi bo‘yicha 
quyidagi klassifikatsiyasi byerilgan.
Aholining yosh tarkibi ijtimoiy - iqtisodiy va demografik jarayonlarni 
o‘rganish maqsadida aholining yosh guruhlarga bo‘linishidir. Aholi yosh guruhlari 
va demografik jarayonlar o‘zaro uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Aholi tarkibida 
yoshlar (0 - 9, 10 - 19, 20 - 29 yoshida) salmog‘ining yuqoriligi nikoh va tug‘ilish 
kabi demografik jarayonlarga ijobiy ta‘sir etadi. Ayni paytda, tug‘ilish yuqori 
bo‘lgan hollarda hududlarda bolalar, yoshlar salmog‘i yuqori bo‘ladi. Tug‘ilish 
darajasi past bo‘lgan hollarda esa aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) 
salmog‘i yuqori va o‘lim hollari ko‘proq sodir bo‘ladi. Demografik nuqtai nazardan 
yondashganda, aholining bugungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo 



bo‘lishining natijasi va kelajakdagi demografik rivojlanishning asosi bo‘lib xizmat 
qiladi. 

Download 283.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling