61. Katalaza fermentining klassifikatsiyasi, tuzilishi va xossalarini yozing.
1.Oksidoreduktazalar sinfi
11.Peroksid sifatida ta'sir qilivchi fermentlar kichik sinfi
1.Peroksidazalar
6.Katalaza
Katalaza (H 2 O 2 : oksidoreduktaza, EC 1.11.1.6) vodorod peroksidning molekulyar kislorod va suvga parchalanishini katalizlaydi va turli substratlar ishtirokidagi bir qator redoks yaniy oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi. . Bitta katalaza molekulasi har soniyada millionlab vodorod peroksid molekulalarini suv va kislorodga aylantirishi mumkin. Katalaza-har biri 500 ta aminokislotadan ortiq bo'lgan to'rtta polipeptid zanjirining tetrameri. Uning tarkibida fermentning vodorod peroksid bilan reaksiyaga kirishishiga imkon beradigan to'rtta temirni o'z ichiga olgan gem guruhlari mavjud. Inson katalazasi uchun optimal pH qiymati taxminan 7 ni tashkil etadi: reaksiya tezligi pH 6.8 va 7.5 orasida sezilarli darajada o'zgarmaydi. Katalaza fermenti (H2O2 : H2O2) oksidoreduktaza KF – 1.11.1.6
tarkibida gem bor fermentlar guruhiga kirib, molekulasida 4 ta Fe, ya’ni 4 ta gem boʻladi. Molekulyar massasi 225000 – 250000. Bu fermentning eng xarakterli funksiyasi vodorod perksidning parchalanishini nihoyat darajada tezlashtirishidadir:
H2O2 + H2O2 = 2 H2O + O2
Katalaza fermenti, hujayra nafas olishida paydo boʻladigan va tirik hujayra uchun zaharli mahsulot – vodorod peroksidni parchalashga xizmat qiladi. Katalaza barcha oʻsimliklarda, ko’pchilik aerob bakteriyalarda va hayvonlar organizmida topilgan.
62. Restriksion endonukleazalarning klassifikatsiyasi, ta’sir mexanizmi va qo’llanilishini yozing.
Restriktazalar bakteriyalar tomonidan ishlab chiqarilgan oqsil bo'lib, DNK ni ma'lum joylaridan kesish xususiyatiga ega. Klonlash uchun gen muhandisligida foydalaniladigan fermentlar ichida restriksion endonukleazalar – restriktazalar muhim ahamiyatga ega.Birinchi marta bakteriyalarda DNK restriksiya-modifikatsiya sistemasining bir qismi sifatida ochilgan, keyinchalik esa bu fermentlar, restriksiya saytlari deb atalgan, bular ma’lum nukleotid ketma-ketliklari mavjud bo’lgan ikki zanjirli DNK molekulalarini gidrolizlaydi.Restriktazalar tirik bakteriyalarni bakteriofaglardan himoya qiladi. Ular bakteriofagni restriksion saytlarini joylarini taniydi, parchalaydi va uning DNKsini yo'q qiladi. Restriksion endonukleazalarning tasnifi
Belgilangan ketma-ketlik turlariga, DNKdagi kesmaning tabiatiga va ferment tuzilishiga qarab restriksion endonukleazalarning uchta asosiy sinfi mavjud:
• I tur restriksion fermentlar
• II turdagi restriksion fermentlar
• III turdagi restriksion fermentlar
Do'stlaringiz bilan baham: |