1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va mazmuni. Falsafa yunoncha — «donishlikni sevish»


Jamiyatning siyosiy hayotida davlatning o‘rni va roli. Davlatning ichki va tashqi funksiyasi


Download 95.18 Kb.
bet16/29
Sana04.02.2023
Hajmi95.18 Kb.
#1157256
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
falsafa savol va javoblar (3)

28.Jamiyatning siyosiy hayotida davlatning o‘rni va roli. Davlatning ichki va tashqi funksiyasi.
Jamiyatning siyosiy tizimi Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlatlar mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo. Mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma hisoblanadi. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.
Davlatning funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo’lina- di.
Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo’nalishidir. Ichki funksiyalariga quyidagilar kiradi: Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o’rnini belgilaydi: Qo’riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solingan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan quyidagi faoliyatini taqozo etadi:
Tashqi funksiyalar – davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari. 1.Xalqaro hamkorlik: tashqi siyosiy faoliyat; tashqi iqtisodiy faoliyat. 2. Mudofaa va milliy xavfsizlikni ta’minlash.


29.Madaniyat va sivilizatsiya. Sivilizatsiya rivojining asosiy bochqichlari.
«Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalari ko‘p hollarda sinonim sifatida yonma-yon ishlatiladi. Bunda «sivilizatsiya» tushunchasi ostida yaratilgan moddiy va ma’naviy yutuqlar nazarda tutiladi. Lekin sivilizatsiya haqida yuqoridagi fikrga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar ham mavjud. Nemis faylasufi O. Shpengler uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyatning halok bo‘lish jarayonini, bosqichini tavsiflash uchun ishlatadi. Shpengler uchun sivilizatsiya – ijodiyot, ilhomlanish, ilhom, rivoj, ma’naviy boyish davri o‘rniga jamiyatning tosh qotishi, ijodning tang holatga kelishi, ma’naviy bo‘shliq davri bilan almashuvidir.
«Sivilizatsiya» tushunchasini ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini ifodalash uchun ishlatish ma’lum ma’noda o‘rinli. Chunki bunday ma’noda ishlatilganda, «sivilizatsiya» tushunchasi kishilik jamiyati rivojlanishining ibtidoiy holatidan keyingi davrdagi butun holatini to‘laligicha qamrab oladi. Varvarlikdan sivilizatsiyaga o‘tish hunarmandchilikning dehqonchi-likdan ajralishi, tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi, savdo-sotiqning paydo bo‘lishi va uni kasb qilib olgan savdogarlar qatlamining shakllanishi, metall pulning muomalaga kiritilishi, yozuvning paydo bo‘lishi, aqliy va jismoniy mehnatning bir-biridan ajralishi, siyosiy hokimiyatning qaror topishi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi1.

Download 95.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling