1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va mazmuni. Falsafa yunoncha — «donishlikni sevish»


Moddiy va ma’naviy madaniyat tushunchalari, ularning bogliqligi


Download 95.18 Kb.
bet17/29
Sana04.02.2023
Hajmi95.18 Kb.
#1157256
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
falsafa savol va javoblar (3)

30. Moddiy va ma’naviy madaniyat tushunchalari, ularning bogliqligi.
Madaniyat tushunchasi keng va tor ma’nolarga ega. Keng ma’nodagi madaniyat tushunchasi o‘ziga butun inson amaliy faoliyati natijasida bunyod etilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni qamrab oladi. Madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida, ya’ni tabiat va jamiyatni o‘zgartirishga qaratilgan mehnat faoliyati jarayonida vujudga keltirilgan barcha boyliklar m ajm uyidan iboratdir.
Moddiy va ma’naviy madaniyatlarni bir-biridan ajralgan, alohida holda tasavvur qilish mumkin emas. Aslida, moddiy madaniyat ham, ma’naviy madaniyat ham insoniy faoliyat natijasidir. Lekin har qanday insoniy faoliyat ma’naviy boylik bo‘la olmaydi. Shu sababdan ham madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo’linadi.
Moddiy madaniyat. Moddiy boyliklarni yaratishda kishilar ishlab chiqarish vositalari. eng avvalo, mehnat qurollaridan foydalanadilar. Har bir davr moddiy madaniyatining taraqqiyotini o’sha davrda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalariga qarab aniqlash mumkin. Masalan, faqat qo‘l mehnatidan foydalanilgan davr moddiy madaniyati, undan ko’ra avtomatlashgan davr va so‘ngra, kompyuterlardan foydalaniladigan hozirgi zamon moddiy madaniyati avvalgi davrlar moddiy-texnika taraqqiyotidan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’naviy madaniyat. Ma’naviy madaniyat bu ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini vujudga keltirish sohalaridir.
Ma’naviy madaniyat haqida fikr yuritishdan avval, uning jamiyat ma’naviy hayoti tushunchasidan farqini aniqlab olish zarur. Jamiyatning ma’naviy hayoti tushunchasi kishilar, jamoa, elat, millat, sinflar hayoti ma’naviy jarayonlarini xarakterlovchi umumiy tushuncha hisoblanadi. Bizningcha, ma’naviy madaniyat muayyan jamiyatning mafkura sohasi, ijtimoiy psixologiya, axloq, san’at, diniy e’tiqodlar kabi tomonlarini tashkil etadi. Ma’naviy madaniyat tushunchasi tarixiy jihatdan yo‘lga qo‘yilgan ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol (foydalanish) jarayonlarini ham qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat ijtimoiy ong shakllarining u yoki bu yig‘indisi emas, balki muayyan g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar, tushunchalar va boshqalarni vujudga keltiruvchi ijodiy faoliyatdir.

Download 95.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling