1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va mazmuni. Falsafa yunoncha — «donishlikni sevish»


Ong –inson borlig‘ining muhim omili. Ong va in’ikos


Download 95.18 Kb.
bet19/29
Sana04.02.2023
Hajmi95.18 Kb.
#1157256
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
falsafa savol va javoblar (3)

32.Ong –inson borlig‘ining muhim omili. Ong va in’ikos.
Inson borlig'i: Inson — o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sosial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Inson borlig‘i moddiylik va ma’naviyatning birligidan iboratdir
Ong — bu sub’ektning dunyo va undagi oʻz oʻrni haqidagi tasavvuri, uning ichki aqliy tajribasi haqida hisobot berish qobiliyati bilan bogʻliq va birgalikdagi faoliyatni oqilona tashkil etish uchun zarurdir. Ong aqliy faoliyat shakli va oliy nerv faoliyati elementi, uning asosini miya tashkil etadi.
Ong — bu inson miyasining biologik funktsiyasi, degan fikr mavjud boʻlib, u odamga atrofidagi dunyo va oʻzi haqida qandaydir tasavvurga ega boʻlishga imkon beradi. Ong mexanizmi inson evolyutsiyasi natijasida shakllangan. Ushbu mexanizmning fiziologiyasi toʻliq tushuntirilmagan. Nevrologlar orasida ong maʼlum darajada bir qator hayvonlarga : sutemizuvchilar, qushlar, sefalopodlar va boshqalarga xosdir, degan fikr mavjud
Inʼikos (falsafada) —obʼyektlarning oʻzaro taʼsiri natijasida modda, energiya va axborot almashishi jarayoni. I. ning eng sodda shakli mexanik oʻzaro taʼsirdir. Mas, tuproqda yotgan tosh tuproqda oʻz izini qoddiradi. Jonli organizmlarda I. ning mu-rakkabroq turi — taʼsirlanish hodisasi sodir boʻladi. Mac, yomgʻir chuvalchangiga issiq jismni tekkiz-sangiz, issiqlik haqidagi informatsiya (axborot) chuvalchangga taʼsir qiladi va buning oqibatida chuvalchang tanasini issiqlikdan olib qochadi. Bu oddiy himoyalanish refleksidir. Murakkab jonli organizmlarda psixik I. roʻy beradi. Bu I. ning oliy shaklidir. Odamlar orasida esa soʻzlar orqali fikr almashish hodisasiga asoslangan ijtimoiy I. mavjud. Ijtimoiy guruhlarning oʻzaro taʼsiri oqibatida ijtimoiy I. ning murakkab shakllari namoyon boʻladi.


33. Insonning kelib chiqishiga doir turli ta’limotlar.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling