1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va mazmuni. Falsafa yunoncha — «donishlikni sevish»


Download 95.18 Kb.
bet22/29
Sana04.02.2023
Hajmi95.18 Kb.
#1157256
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
falsafa savol va javoblar (3)

36.Tafakkurning mantiqiy qonunlari.
Mantiqiy qonunlar - Olamdagi narsa va xodisalar xarakati uziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu xarakatning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni xam uziga xos ob’ektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Falsafada qonun, tushunchasi narsa va xodisalarning muxim, zaruriy, umumiy, nisbiy barkaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantik ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari urtasidagi ichki, muxim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi. Formal mantik qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muxim, zaruriy boglanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzok vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. Bu qonunlar fikrlashning to’g’ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bulgan tushunchalar, muloxazalar (xukm), xamda xulosa chikarishning shakllanishi va uzaro aloqadorligini ifodalaydi.Ayniyat qonuniga kura ma’lum bir predmet yoki xodisa xaqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muxokama doirasida ayni vaqtda uz-uziga tengdir Bu qonun formal mantikda «A-A dir» formulasi orqali ifodalanadi. Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki xodisa xaqida aytilgan ikki uzaro bir-birini istisno kiluvchi (karama qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bulishi mumkin emasligini, xech bulmaganda ulardan biri albatta xato bulishini ifodalaydi. Bu qonun «A xam V,xam V emas bula olmaydi» formulasi orqali ifodalanadi.
Uchinchisi istisni qonuni nozidlik qonunining mantikiy davomi bo’lib, fikrning tulik mazmunini kamrab olib bayon kilingan ikki zid fikrdan biri chin, boshkasi xato uchinchisiga urin yuk ekanligini ifodalaydi.Bu qonun «A V yoki V emasdir» formulasi orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga xos bulgan bu qonunni birinchi bo’lib nemis faylasufi va matematigi G. Leybnis ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar uzining mavjudligi uchun etarli asosga ega. Xar bir buyum va xodisaning asosi bulgani kabi, ularning in’ikosi bulgan fikr-muloxazalar xam asoslangan bulishi kerak. Etarli asos qonunning bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi. «Agar V mavjud bulsa uning asosi sifatida A xam mavjud».

Download 95.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling