1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va mazmuni. Falsafa yunoncha — «donishlikni sevish»


Bilishning asosiy bosqichlari: hissiy va aqliy bilish


Download 95.18 Kb.
bet12/29
Sana04.02.2023
Hajmi95.18 Kb.
#1157256
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
falsafa savol va javoblar (3)

21.Bilishning asosiy bosqichlari: hissiy va aqliy bilish.


Xissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va ximoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to’g’risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.
Hissiy bilishning shakllari. Sezgilar, bu – shunday kanallarki, ularning vositasida odam qurshab turgan olam bilan bog`langan, olam haqida bevosita axborot olib turadi. Sezgilar abstrakt tafakkur amalga oshishining asosi bo`lgan ozuqadir.
Sezgi hissiy bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog`lik holda shakli jihatidan sub’ektivdir. Garchi sezgi bilish uchun yagona kanal bo`lsada, birgina sezishning o`zi tashqi dunyoni butun yaxlitligi, chuqurligi va konkretligi bilan anglab olish uchun etarli emas. Sezgi sub’ektga o`rganilayotgan ob’ektning ayrim tomonlari yoki xossalarini bilishga yordam beradi, ammo o`zining tabiiy cheklanganligi sababli ob’ektni yaxlit holida bilishga imkon bermaydi. SHuning uchun bilish sezishdan idrok qilish tomon boradi.
Аqliy bilish Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va xodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki moxiyatini bilib oladi. Moxiyat xamisha yashirindir, u doimo xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Xar bir xodisada moxiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo’ladi. SHu boisdan xam xodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki xodisa to’g’risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun moxiyatini ochib bera olmaydi.
Tushuncha aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi. Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va xodisalar moxiyatiga chuqurroq kirib borishda tushuncha muxim vosita bo’lib xizmat kiladi. Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va xodisalarning tub moxiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. 



Download 95.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling