1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va mazmuni. Falsafa yunoncha — «donishlikni sevish»


Download 95.18 Kb.
bet10/29
Sana04.02.2023
Hajmi95.18 Kb.
#1157256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
falsafa savol va javoblar (3)

17.Sabab va oqibat kategoriyasi.
Sabab va oqibat — narsa va hodisalar oʻrtasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalar. Hodisalar zanjirida oʻzidan boshqa yana bir hodisani keltirib chiqaradigani sabab, paydo boʻlgan hodisa esa oqibat deyiladi.
S. va o. oʻrtasidagi aloqadorlik sababiyat sanaladi. Sabab, birinchidan, vaqt jihatdan oqibatdan oldin keladi, ikkinchidan, oqibatni tugʻdiruvchi, yaʼni oqibatning vujudga kelishida zaruriy shart boʻlib xizmat qiladi. Mac, farzandning sababchisi ota-ona. Farzand ota-onadan ilgari dunyoga kelishi mumkin emas, yaʼni ota-ona shu farzandning vujudga kelishidagi zaruriy shart hisoblanadi. Sabablar turli koʻrinish, shakl va holatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Falsafa tarixida narsa va hodisalar oʻzaro sababiy bogʻlanishda deb biluvchilar deterministlar (qarang Determinizm), buni inkor etuvchilar indeterministlar (qarang Indeterminizm) deb ataladi. Sababning asosiy va asosiy boʻlmagan, tashki va ichki, obʼyektiv va subʼyektiv shakllari bor. Sabab oqibatni vujudga keltirganidek, oqibat ham sababga taʼsir koʻrsatishi mumkin. S. va o. aloqadorligi boʻyicha Aristotel, Forobiy, Ibn Sinolar maxsus asarlar yozishgan. Diniy taʼlimotlarda esa, birlamchi sabab yoki hamma narsaning sababchisi xudo deb taʼkidlanadi.


18.Zaruriyat va tasodif kategoriyasi.
Zaruriyat va tasodif - borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy tushunchalar. Zaruriyat — narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi, ularning ichki qonuniyatini ifoda qiladi. U muayyan sharoitda yuz berishi muqarrar boʻlgan voqea yoki hodisadir. Tasodif — narsa va hodisalarning ichki tabiati bilan boglik boʻlmagan, tashqi taʼsir, yuzaki va ikkinchi darajali, oʻtkinchi tomonini ifoda etadi. U yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin. 3. va t. borliqdagi oʻzaro bogʻliq boʻlgan, biri ikkinchisiz mavjud boʻlmaydigan narsa va hodisalarning oʻzgarish va rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular oʻzaro bogʻliq va oʻziga xos xususiyatlari bilan birbiridan tubdan farq qiladi. Zaruriyat, birinchidan, hodisalarning oldingi taraqqiyoti orqali qonuniy tayyorlangan boʻladi, ikkinchidan, uning sababi oʻzida boʻlib, u mazkur narsa va hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi; uchinchidan u narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklaridan kelib chiqadi; toʻrtinchidan, zaruriyat yuz berishi muqarrarlik xususiyatiga ega boʻlib, albatta, yuz beradi; beshinchidan, u doim qonuniyat bilan bogʻliq boʻlib, umumiy tipik harakterga ega.
Tasodif ham sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, narsa va hodisaning oʻzida emas, balki undan tashqarida boʻladi. Tasodifning oʻziga xos xususiyatlari kuyidagilar: birinchidan, tasodif narsa va hodisalarning rivojlanishi davomida emas, balki turli tashki jarayonlarning taʼsirida sodir boʻladi; ikkinchidan, borlikdagi nomuhim bogʻlanishlardan kelib chiqadi; uchinchidan, tasodif narsa va hodisalarning rivojlanish mayllarini belgilab bermaydi, shunga koʻra u muqarrar emas, toʻrtinchidan, tasodif umumiy emas, balki yakka xususiyatga ega; beshinchidan, tasodif krnuniyat bilan bogʻliq emas. Tasodiflarni oldindan aytib berish mumkin emasligi uni, goʻyoki, sababiyat tamoyiliga zidga oʻxshaydiganday qilib qoʻyadi. Aslida, tasodifiy voqealar, garchi aniq maʼlum boʻlmasa ham, real mavjud boʻlgan muayyan shartsharoit va sabablar oqibatidir. Ular betartib ravishda, hech narsa yoʻq joydan paydo boʻlmaydi, ularning kelib chiqishi imkoniyati, garchi katʼiy ravishda boʻlmasa ham, oʻzining sababiy asoslariga ega.



Download 95.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling