1. Funksiyaning monotonlik oraliqlari. Funksiyaning lokal ekstremumlari


Download 55.14 Kb.
bet5/10
Sana28.02.2023
Hajmi55.14 Kb.
#1236401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
23-24-Mavzu

4-TEOREMA: Agar y=f(x) funksiya hosilasi x0 kritik nuqtaning chap va o‘ng atrofida ishorasini o‘zgartirmasa, bu nuqtada funksiya ekstremumga ega bo‘lmaydi.
Masalan, f(x)=ln(x3+1) funksiyaning hosilasi f ‘(x)=3x2/(x3+1) bo‘lib, undan x=0 kritik nuqta ekanligini ko‘ramiz. Bu kritik nuqta atrofida f ‘(x)>0 va shu sababli unda funksiya ekstremumga ega bo‘lmaydi.

Ayrim hollarda kritik nuqta atrofida f ‘(x) hosilaning ishorasini aniqlash murakkab bo‘ladi. Bunday hollarda, y=f(x) funksiya x0 kritik nuqtada ikki marta differensiallanuvchi va f ‘‘(x) bu nuqtaning biror atrofida uzluksiz bo‘lsa, quyidagi teoremadan foydalanish mumkin.


5-TEOREMA (lokal ekstremumning II yetarli sharti): Agar x0 kritik nuqtada f ‘(x0)=0 , f ‘’(x0)≠0 va chekli bo‘lsa, unda bu nuqtada y=f(x) funksiya lokal ekstremumga ega bo‘ladi. Jumladan, f ‘’(x0)<0
(f ‘’(x0)>0 ) bo‘lsa, f(x0) funksiyaning lokal maksimumi (lokal minimumi) bo‘ladi. 0 ) ( 0  ‘ ‘x f 0 ) ( 0  ‘ ‘x f 0 ) ( 0  ‘ ‘x f
Misol sifatida f(x)=x4–4x funksiyani ekstremumga II tartibli hosila yordamida tekshiramiz. f ‘(x)=4x3–4=4(x3–1)=0 tenglamadan funksiya yagona x0=1 kritik nuqtaga ega ekanligini aniqlaymiz. Funksiyaning II tartibli hosilasi f ‘‘(x)=12x2 bu kritik nuqtada f ‘‘(1)=12>0 qiymatni qabul qiladi. Demak, berilgan funksiya x0=1 kritik nuqtada lokal minimumga ega va fmin=f(1)=1– 4=–3 bo‘ladi.
Agar x0 kritik nuqtada ikkinchi tartibli hosila f ‘‘(x0)=0 bo‘lsa, unda funksiyaning x0 nuqtada ekstremumga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligini 5-teorema orqali aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, f(x)=x3 va g(x)=x4 funksiyalar uchun x=0 kritik nuqta bo‘ladi. Bu nuqtada II tartibli hosilalar f ‘‘(x)=6x, g’’(x)=12x2 nolga tengdir. Bu kritik nuqtani birinchi tartibli hosila orqali, ya’ni 3- teorema yordamida tekshirib, unda f(x)=x3 ekstremumga ega emas, g(x)=x4 esa lokal minimumga ega ekanligini aniqlaymiz.
Demak, lokal ekstremumning II yetarli shartini tekshirish osonroq, ammo uning qo‘llanish sohasi torroq ekan.
Bu bo‘limni ekstremumga doir bir iqtisodiy masalani qarash bilan yakunlaymiz.

Download 55.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling