1. Hozirgi zamon o’zbek menejmentining xususiyatlari. Menejmentning ilmiy maktablari. Ilmiy boshqaruv maktabi


Menejmentning ilmiy maktablari. Ilmiy boshqaruv maktabi


Download 224.71 Kb.
bet3/13
Sana14.12.2022
Hajmi224.71 Kb.
#1005930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-amaliy

2.Menejmentning ilmiy maktablari. Ilmiy boshqaruv maktabi.
Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Menejment nazariyasini asoschilari Teylor(1856-1915), Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo’nalishi «klassik» (an'anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muxandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pogonasining barcha darajalarini AQSHdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchsidan boshqaruvchisigacha bo’lgan lavozimlarni egallagan. U birincqilar qatorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish xamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni qo’lladi. Uning «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini ma'muriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashxur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo'yicha adabiyotlarning katta tuplamiga asos soldi. Teylor mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mehnat bilan bir katorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko’rsatishga harakat qilgan tomonidan ishlangan sxemada o’lda-jo’lda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, xar bir narsa oldindan uylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldida aniq, belgilangan bo’lishi aks ettirilgan(1-rasm).
Teylorning qo’shgan xissasi

Shu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga ega bo’lgan kishini topish juda mushqul ekanligini aytgan. Ko’pchilik faqat uchta sifatga ega bo’ladi - ular oddiy ish xaqi to’lanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning to’rttasiga ega bo’lgan kishi nisbatan ko’p xaq to’lanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni o’zida jam etgan kishini topish ancha mushkul, olti, etti, sakkiz sifatga ega kishini topib bo’lmaydi. Agar yuqorida sanab o’tilgan to’qqiz sifatga ega bo’lgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim. Teylor ayniqsa ish joylarini tashkil etish ishlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalarni belgilash, kishilarni to’gri tanlash va ishga qo’yishga aloxida ahamiyat berardi. U tomonidan ishlab chiqarishni boshqarish bo'yicha qator tavsiyalar ishlangan. Masalan, u boshqarish bo’yicha faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib ko’rsatgan:
-Ishlarni bajarish va taqsimlash tartibi;
-Chizmalar va qo’llanmalarni tuzish;
-Vaqtni me'yorlash va mehnatga haq to’lash;
-Intizomga rioya qilish;
-Ish uslublarini belgilash;
-Uskunalar ish tartibiga rioya qilish;
-Uskunalarni ta'mirlash va saqlash;
-Sifatni nazorat qilish. Ya’ni,

  • mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq-puxta ixtisoslashtirilishi shart;

  • har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;

  • har bir mehnat jarayoni va hatto xar bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo‘ysindirilgan bo‘lishi kerak;

  • yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim.

  • ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;

  • boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart.

Teylorning funksional boshqaruv tizimi Hozirgi davrda sanoatda qo’llanilmasada,
boshqarish jarayonini funksional taqsimlash goyasidan boshqarishning tartibli (lineyniy) tizimidan ham foydalanadi. Teylor ma'muriyat va ta'minlovchi ijtimoiy jihatlarni hisobga olish muhimligini ta'kidlab, bu ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning muhim tamoyillaridan biri ekanligini aytgan. U ijtimoiy demagogiya usullarini inkor etmay, ulardan foydalanishni tavsiya qilgan. U ishchilar va tadbirkorlar o’rtasida «sinfiy hamjihatlik»ni ta’minlash, ular o’rtasida munozaraga yo’l quymaslik zaruriyatiga tayangan va uni menejmentning eng mexim vazifalaridan biri deb hisoblagan.teylor fikriga binoan, bunday vazifani faqat ilmiy jihatdan tashkil etilgan boshqaruv tizimi - menejment nazariyasigina xal etishi mumkin.
Teylorizm ilmiy boshqaruv harakatini boshlab berdi. Bu harakat AQSHni qamrab olib, boshqa kapitalistik mamlakatlarga xam yoildi. Teylor tizimi ilmiy menejment rivojlinishi uchun asos bo’lib xizmat qildi.
F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir.
Uning tamoyillariga binoan:
F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasida taklif etgan va ishlab chiqarishga tadbiq etgan bu tamoyillari mehnat unumdorligining ikki baravar (100%ga) o‘sishiga olib keladi. Ayniqsa, uning qo‘llagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir.
F.Teylor tamoyiliga binoan rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilinishi va ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini xech qanday muloxaza yuritmasdan, biror bir shaxsiy tashabbus ko‘rsatmasdan aniq xamda tez bajarishini talab qilinar edi.
F.Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan xaqiqiy ilm, shuningdek, aniq bilish, nima qilish keragu va uni qanday qilib puxta va arzon usulda bajarish san’ati” deb baholagan.
Shunday qilib, F.Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi”ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko‘rinishda rivojlanib bordi.
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari, mashhur “Mehnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan.
Iqtisodiyotni boshqarish soxasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington Emerson (1853-1931) edi. U «Unumdorlikning o’n ikki tamoyili» asarini yozib, bu asarda u birinchi bo’lib inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chiqdi.
-Aniq belgilangan goya va maqsadlar;
-Aqli rasolik;
-Asosli maslahat;
-Qat’iy intizom;
-Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat;
-Markazlashirish;
-Tezkor, ishonchli, to’lik, aniq va doimiy hisob;
-Me'yor va tartib;
-Sharoitni normallashitrish;
-Operatsiyalarni me'yorlash;
-Yozma standart qo’llanmalar;
-Unumdorlik uchun ragbatlantirish.
O’z xulosalariga qo’himcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan muallif klassik kontseptsiyaga salmoqli hissa qo’shdi.
Ko‘rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida eng avvalo ikki tamoyil, ya’ni aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar, shuningdek oqilona fikr turibdi. U shunday usullarni ishlab chiqdiki, unga ko‘ra xar bir operatsiya uchun, ishchining harakatini o‘rganish natijasida berilgan ish xajmining yagona, eng muvofiq usuli o‘rnatilar edi. Befoyda, xato harakatlar bartaraf etilib, qo‘yilgan maqsad va g‘oyalarga muvofiq ravishda eng takomillari tanlab olinar edi.
Bunda oqilona fikr asosida, masalan, nisbiy ish xaqining maxsus tizimi qo‘llanilib, unga ko‘ra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib jarima solinar edi. Shu bilan birga berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarilishi uchun ularga sharoit yaratilar edi. (9-band).
Sanoat korxonalarini tashkil etish va boshqarish masalalarini o’rgangan yana bir amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) o’z diqqat e'tiborini boshqarishning umumiy nazariy tamoyillariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchlardan farqli

  1. CHerch tayyor qonun - qoidalarni tavsiya qilmagan. U barcha sanoat korxonalarini boshqarishning umumiy nazariy tamoyillarini belgilab berdi, boshqaruvning umumiy vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini ko’rsatib berdi. O’zining «ishlab chiqarishni boshqarish asoslari» kitobida u boshqarish vazifalarining quyidagi klassifikatsiyasini bayon qilib bergan: loyihalashtirish, uskuna bilan ta’minlash, buyuruvchilik, hisob va amalga oshirish . G.Cherch kitobining ayrim nazariy qoidalar Hozirgi davrda xam ilmiy va amaliy qimmatga egadir.

Ilmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab chiqqkan Genri Gant (1861-1919) va ishini maqbullashtirish uchun standart harakatlarni qo’llab ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmoqli hissa qo’shganlar. Shuningdek menejment nazariyasiga Frantsuz muxandisi Anri Fayol muhim hissa qo’shgan, u boshqaruv vazifalari maqbullashtirish - oldindan ko’ra olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv, nazorat qilishga tenglashtirgan 1916 yilda uning «Umumiy va sanoat boshqaruvi», 1924 yilda «mehnatni ilmiy tashkil etish» va «Ijobiy Boshqaruv» asarlari chop etildi. Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tashkiliy- texnikaviy tamoyillarini yaratgan. Fordizm faqat boshqaruv texnikasi va tashkil etish rivojlanishida emas, balki mehnat unumdorligi usishida xam yangi bosqich bo’ldi. Ford xam Teylor singari kam xarajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsada, unga boshqa yo’l bilan erishishga harakat qildi. Teylor inson mehnatini tashkil etishga aloxida e'tibor bergan bo’lsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni takomillashtirishga e'tibor bergan. Shunday qilib, Teylor va uning izdoshlari burjua boshqaruv nazariyasi rivojlanishining boshqaruv kontseptsiyasi vujudga kelgan XIX-XX asrlar chegarasidanasrimizning 20-yillarigacha davom etgan davrni qamrab olgan birinchi bosqichi namoyondalaridir.
Mumtoz menejment” maktabi mohiyati.
“Ilmiy menejment” namoyandalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan. Ular boshqaruv darajasidan quyi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug‘ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umum tashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug‘ullana boshladilar.
Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuxrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy
boshqaruv maktabining asoschilari:
Yirik biznes soxasida mashxur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo‘lganlar.
Ularni tashvishlantiruvchi bosh masala-bu umumtashkilot miqyosidagi samaradorlikka erishish bo‘lgan. Shunday maqsad qo‘yilgan bo‘lsa-da ular xam boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e’tibor bermadilar. Uning ustiga ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega emas edi.
“Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazardan yondoshish yo‘li bilan undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad-boshqarishning unversal tamoyillarini yaratish va shuning evaziga muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratdilar:

  • Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Shu maqsadda tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruxlarga bo‘lish, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muxim tomonlari deb hisobladilar.

  • Tashkilotning oqilona tarkibi va xodimlarning oqilona boshqaruviga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo‘lishini va xodim faqatgina bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo‘ysinishi lozim degan g‘oyani ilgari surishadi.

A.Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan frantsuz olimlaridandir. U Frantsiyadagi yirik ko‘mir qazib oluvchi kompaniyani boshqargan. A.Fayol o‘zining boy amaliy tajribasini “Umumiy va sanoat boshqaruvi” (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv tamoyillari Hozirgi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Download 224.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling