1. Hozirgi zamon o’zbek menejmentining xususiyatlari. Menejmentning ilmiy maktablari. Ilmiy boshqaruv maktabi


Download 224.71 Kb.
bet2/13
Sana14.12.2022
Hajmi224.71 Kb.
#1005930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-amaliy

V azirlar va ularning vazifalari

  • Bu vazir el-yurtning muxim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat axvolini, olingan xosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat xarajatlari, el-yurtning obodonchiligi va axolining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy xukmdorni xabardor qilib turgan

  • Sipoxiylarning maosh va tanxolarini boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora- tadbirlarini ko‘rgan, sipox axvolidan doimo podshoxni ogox etib turgan.

  • Turli sabablarga ko‘ra egasiz qolib ketgan er-suv va mol- mulkni boshqargan, zakot va boj yig‘imiga mutasaddiylik qilgan.

  • Podshoxga qarashli er-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.

  • Adliya muassasalarini boshqargan

  • Podshoxning favqulodda xuquqlarga

ega bo‘lgan nazoratchisi.

  • Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar

insho devonining boshlig‘i.
El - yurtning obodonligi, saltanatning ustuvorligi ko‘p jihatdan mana shu vazirlarga bog‘liq bo‘lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo‘lishi bilan yakunlandi. Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat shu davlatdagina emas, balki boshqa o‘lkalarda xam davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo‘llanila boshlandi.
Menejment rivojlanishida yangi bosqich.
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub isloxatlar boshqaruvni jamiyatni demokratlashtirish, oshkarolik va pastdan yuqoriga xalq xokimiyatini o’rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo’llarini ifodalab berdi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga o’tishga asos bo’ldi. Jamiyatdagi tub o’zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, menejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni islox qilish Hozirgi davrgacha mavjud bo’lgan tajriba, jamiyat xayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy soxalarini boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va xuquqiy Hujjatlarga asoslangan xolda amalga oshiriladi. Menejment soxasida jaxon tajribasi, rivojlangan mamlakatlar va o’zimizda tuplangan tajribadan foydalaniladi. Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko’p yillarga muljallangan strategik vazifadir. Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kechdi. Bu erda bozor munosabatlariga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy mulk bilan bir vaqtning o’zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar bilan xamkorlikka asoslangan xolda turli xo’jalik yuritish usullarini qo’llash yo’li bilan amal qilishi kerak.
Menejment oldiga qo’yilgan ko’pchilik vazifalar muvaffaqiyatli xal etilmoqda. Hozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o’zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga o’tishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chuqurlashuvi va kooperatsiya bo'yicha aloqalar barqaror bo’lishini ta'minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vujudga kelmoqda.
Islohotlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo’ginlarini - asosiy bo’gin (korxona)dan to boshqaruvning oliy bo’ginlarigacha qamrab olgan. Korxonalar to’grisidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari bo’yicha iste'molchilar oldidagi majburiyatlarini oshirdi.
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo‘yicha harakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da o‘z aksini topib Hozirgacha xam o‘zining qimmatini yo‘qotmagan. Aksincha, bugungi mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda xam boshqarishni tashkil qilishda muxim dastur amal sifatida qo‘llanilmoqda.
Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish so’nggi o’n yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim bo’g’iniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan to’liqroq foydalanish yo’li bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti - xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablag’larini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi bo’lgan “inson resurslari” konsepsepsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz o’qitib borish va ishchining sifatlari, imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qo’yilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tirof etishga asoslanadi. Bu konsepsepsiyaning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;

  • firma doirasida boshqarish;

  • xodimlar bilan ishlash tizimini qayta qurish;

Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy goya rivojlanishiga hissa qo’shgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amir Temur. Ibn Xoldun (XIII-XIY asr), Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir.

Download 224.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling