1. Hozirgi zamon o’zbek menejmentining xususiyatlari. Menejmentning ilmiy maktablari. Ilmiy boshqaruv maktabi


Download 224.71 Kb.
bet7/13
Sana14.12.2022
Hajmi224.71 Kb.
#1005930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2-amaliy

Innovatsion yondoshish tashqi muhitdagi ro’y berayotgan o’zgarishlarga tezda munosabatini bildirish qobiliyatiga asoslanadi. Bular yangiliklarni, yangi texnik yechimlarni, sotiladigan bozorlar talablarini yaxshiroq qanoatlantirish uchun yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga og’ishmay joriy qilishga tegishlidir. Har qanday tizimning muvofaqqiyatli faoliyatining garovi shundan iboratki, u doimo yangi texnik progress bilan teng qadam tashlab yurishigina emas, balki undan ham ilgariga o’tib ketishi kerak.
Normativ (me’yoriy) yondoshishning mohiyati shundan iboratki, har qanday tizimni unitakomillashtirish maqsadida tahlili muhim normativlar to’plamini hisobga olish bilan bog’liq bo’ladi, ularning yordamida boshqarish apparati o’z faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi. Funkqional normativlarga rejalarni sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqish, bo’limlarning ishini aniq tashkil etish, oprerativ hisob va nazorat qilish, har bir tarkibiy bo’limda funkqional majburiyatlarni qat’iy taqsimlash.
Xulqiy yondoshishning maqsadi bo’lib, har bir xodimning tashkilotni boshqarishdagi o’zining o’rnini tushunib etishi uchun ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirish uchun barcha zarur bo’ladigan sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Tizimli (sistemali) yondashish amaliyotda iqtisodiy tah-lildan keyinroq paydo bo’lgan. Dastlab u tabiiy va texnik, so’ng ayrim iqtisodiy va ijtimoiy fanlarda ham qo’llanila boshlandi. Tizimli tahlil metodining nazariy asosini dialektika tashkil etadi. Dialektik materializm xo’jalik jarayonidagi o’zgarishlarni uzviy bog’liqlikda, rivojlanishda, dialektik bir butunlikda o’rganishni o’rgatadi.
Korxonani tez va uzluksiz rivojlanishi, ishlab chiqarish hajmi, moliyaviy va xo’jalik faoliyatining o’sishi, iqtisodiy alo-qalarni keskinlashuvi, keng miqyosda matematik usullar, zamona-viy kompyuter texnikalarini qo’llanilishi, boshqaruvning opti-mal tamoyillarini amalda qo’llash, iqtisodiy hodisalar, har bir xo’jalik sub’ektini kompleks bir butun sistemali tarzda o’rga-nishni taqozo etadi.
Tahlilda tizimli yondashish ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi:

  • birinchidan, tahlilning har bir ob’ekti, ya’ni har bir xo’jalik sub’ekti bir butun tizim sifatida;

  • ikkinchidan, xo’jalik sub’ekti faoliyatining iqtisodiy samaradorligi bir qancha ko’rsatkichlar tizimi, jumladan, tannarx ko’rsatkichlari tizimi, rentabellik ko’rsatkichlari tizimi, ish faol-lik ko’rsatkichlari tizimi, moliyaviy holatni ifodalovchi ko’r-satkichlar tizimi orqali baholanadi.


Download 224.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling